Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi


Download 302.72 Kb.
bet2/18
Sana22.06.2023
Hajmi302.72 Kb.
#1648863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Auditorlik tekshi

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amaldagi qonunchilik asosida auditorlik teshiruvidan o’tqazish va uning natijalarini umumlashtirish hamda baholash yuzasidan taklif va tavsiyalar berishdan iborat2.
Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqqan holda, bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar belgilanadi:

  • mamlakatimizda auditorlik tekshiruvlarini tashkil qilishning me’yoriy-huquqiy asoslarini o’rganish;

  • auditorlik tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirishning maqsadi va vazifalarini o’rganish;

  • auditorlik tekshiruv natijalarini umumlashtirishda xulosa va hisobot tuzishning ahamiyatini o’rganish;

  • auditorlik hisoboti va xulosasi o’rganish hamda uni tuzish tartibi yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar berish;

  • auditorlik tekshiruvlarida auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish hamda uni taqdim etishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy takliflar berish;

  • auditorlik tekshiruvi natijalari yuzasidan hisobot va xulosa bo’yicha javobgarlikni mustahkamlash bo’yicha ilmiy-amaliy takliflar berish;

Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi hamda auditorlik tashkilotlari ma’lumotlari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti bo’lib, auditorlik tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirishni hozirgi holatini tadqiq etish va uni takomillashtirish masalalari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi:
1-bobda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirishning nazariy asoslari hamda uning maqsad va vazifalari yoritib berilgan.
2-bobda milliy standartlar asosida auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash tartibi, shuningdek auditorlik xisoboti va xulosasi tuzish tartibining xususiyatlari ochib berilgan.
3-bobda auditorlik tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirishni takomillashtirish masalalari, shuningdek auditorlik hisoboti va xulosasi bo’yicha javobgarlikni mustahkamlash masalalari ilmiy asoslab berilgan.

Download 302.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling