Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi ilmiy kengashi
Download 106.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqLazizbek Raxmatullayev BMI taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi ilmiy kengashiRaxmatullayev Lazizbek Ruslanovich“XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA VALYUTA SIYOSATINING O’RNI”Ixtisoslik: 5230100-iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha )BITIRUV MALAKAVIY ISHIIlmiy rahbar:Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligiXalqaro Valyuta Fondi tomonidan valyuta siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha e’lon qilingan hisobotda fondga a’zo mamlakatlarning 12,5 foizi o‘z valyuta kursi rejimini qat’iy bog‘liqlikdagi guruh tasniflarida, 42,2 foizi yumshoq bog‘liqlikdagi tasniflarda, 39,5 foizi suzuvchi valyuta kursi rejimi tasniflarida, 9,4 foizi esa boshqa bog‘liqlikdagi valyuta kursi rejimi tasniflarida olib borayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan1. Ushbu valyuta kursi rejimi tasniflariga qarab, mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanganlik, erkinlik va takomillashganlik holatiga muayyan darajada baho berish mumkin. Shu bois, ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z xalqaro iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarida valyuta siyosatini, shu jumladan, uning metodologik asoslarini muntazam ravishda takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimiga alohida e’tibor qaratadilar. Ayniqsa ushbu jarayon rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyotida yanada muhim ahamiyat kasb etib, ularni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarga faol integratsiyalashishga, xalqaro kapitallar oqimining samarali taqsimlanishiga hamda mamlakat investitsion jozibadorligini oshirishga undovchi asosiy omillardan biri hisoblanmoqda. Ana shu maqsadda bugungi kunda ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan valyuta siyosatining vosita, instrument va mexanizmlarini hamda ularning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda.Bitiruv malakaviy ishining maqsadi Mamlakatimizning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan besh yillik istiqboli aks etgan - Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar bugun amaliyotda o’z isbоtini topmoqda. Shundan kelib chiqib xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini ta’minlashda valyuta siyosatini oqilona olib borish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish hamda amaliy takliflar berish tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari Mamlakat eksport salohiyatini oshirish To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish Tovarlar va xizmatlar eksportini oshirish Valyuta еtishmovchiligi xatarining oldini olish Valyuta bozorida barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish Ishlab chiqaruvchilarning tashqi hamda ichki bozorda raqobatdoshligini oshirish Download 106.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling