Auditorlik tekshiruvida firibgarlik
Download 138.3 Kb.
|
Auditorlik tekshiruvida firibgarlik
Auditorlik tekshiruvida firibgarlik Reja: Kirish. Auditorlik tekshiruvida firibgarlik. Firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko‘rsatilgan risklarni aniqlash va baholash. Firibgarlik oqibatida muhim buzib korsatilgan baholangan risk. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Kirish Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari, demokratik davlat qurish va uni rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratildi. Shu bilan birga bu jarayonda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonun va kategoriyalari talablaridan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlaridagi hisob, audit ishlarining integratsiyalashuviga erishish borasida huquqiy baza yaratilmoqda. Shuningdek, jamiyat hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ulardan ijobiy foydalanilmoqda. Bu borada mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari aniq belgilanib, iqtisodiyotni va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini erkinlashtirishda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mаmlаkаtimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev tа’kidlаgаnidek: “Аyni vаqtdа mаmlаkаtimiz bosib o‘tgаn tаrаqqiyot yo‘lining chuqur tаhlili, bugungi kundа jаhon bozori konyunkturаsi keskin o‘zgаrib, globаllаshuv shаroitidа rаqobаt toborа kuchаyib borаyotgаni dаvlаtimizni yаnаdа bаrqаror vа jаdаl sur’аtlаr bilаn rivojlаntirish uchun mutlаqo yаngichа yondаshuv hаmdа tаmoyillаrni ishlаb chiqish vа ro‘yobgа chiqаrishni tаqozo etmoqdа.”1 deyа аytgаn gаplаri hаr bir sohаning yаngichа yondаshuv vа аniq yo’lni tаnlаshgа аlohidа e’tibor qаrаtmoq lozim ekаnligining yаqqol dаlilidir. Har bir iqtisodiy subyektda tegishli mutaxassislar tomonidan barpo etiladigan buxgalteriya hisobi tizimi nisbatan arzon bo‘lishi hamda moliya-xo‘jalik operatsiyalari va iqtisodiy voqealar hisobda o‘z vaqtida, to‘g‘ri aks etishi kafolatlanishi lozim. Bu tamoyillar va qoidalar buxgalteriya axboroti to‘g‘ri shakllanishiga baho berishga mezon bo‘lgani uchun har qanday auditor ularni baholay olishlari darkor. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va respublikamizda bozor iqtisodiyoti asoslarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida bank-moliya tizimi va xususiy tadbirkorlik sektori barqarorligini ta’minlovchi audit tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samaradorlik va unumdorlik ko‘rsatkichiariga asosan baholash, korxonalar boshqaruv va moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq muammoli masalalar yuzasidan asosli tavsiya hamda yo‘nalish berishda zamoiiaviy mustaqil auditning xizmati beqiyos. Bu esa milliy iqtisodiyotning xususiy sektori rivojida, shu jumladan, xususiy tadbirkorlik va moliyaviy munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Download 138.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling