Auditorlik tekshiruviga tayyorgarlik ko'rish reja: Kirish


Auditorlik tekshiruviga tayyorgarlik ko’rish


Download 64.98 Kb.
bet3/5
Sana22.06.2023
Hajmi64.98 Kb.
#1646607
1   2   3   4   5
Bog'liq
AUDITORLIK TEKSHIRUVIGA TAYYORGARLIK KO\'RISH

Auditorlik tekshiruviga tayyorgarlik ko’rish.

Ichki auditni o’tkazishda eng muhim bosqich rejalashtirish hisoblanadi. Rejalashtirish auditning har bir bosqichi kabi xujjatlashtiriladi. Rejalashtirish bosqichida foydaniladigan va korxonada ishlab chiqilishi mumkin bo’lgan hujjatlarni ko’rib chiqamiz.
Ichki audit xizmatining rahbari foydalanadigan asosiy hujjat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja hisoblanadi. Ushbu reja faoliyat turlari ahamiyati va jarayonlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zarur. Mazkur rejada birinchi darajali e’tibor kompaniyaning maqsadlariga erishishida turtki bo’luvchi, shuningdek, kompaniya uchun xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari va jarayonlarga qaratilishi zarur.
Asosiy jarayonlar quyidagilar hisoblanadi:

  • iste’molchilarning kutilayotgan talablarini o’rganish;

  • xaridlarni boshqarish;

  • iste’molchilar bilan o’zaro harakatlar va mahsulotlar sotilishini o’rganish;

  • xodimlarni tayyorlash va ularning vakolatliligini baholash.

Asosiy jarayonlarni bir tartibda qo’yish va alohida jarayonlarning korxona yakuniy natijalariga qay darajada ta’siri darajasi yoki ekspertchilar tomonidan baholashlar natijasida bajariladi.
Kritik jarayonlar deb tashkilotga taalluqli bo’lmagan yoki faoliyat samaradorligi uchun haqiqiy yoki salmoqli xavf keltirishi mumkin bo’lgan talablarga rioya qilmaslik jarayonlariga aytiladi. Bu jarayonlar tuzatuvchi yoki ogohlantiruvchi harakatlar sifatida zudlik bilan aralashuvni talab qiladi va alohida nazorat ostida turmishi zarur. Auditning yillik rejasi asosida alohida soha yoki kompleks auditorlik tekshiruvining kalendar grafigi tuziladi. Auditning yillik rejasi asosida har bir tekshirish uchun ichki audit rejasi ishlab chiqiladi.
“FAZO-LUXE” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatida “Ichki audit tekshiruvi rejasi” hujjatining shakli

Auditorlar

Rejalashtirish

Auditorlik amallari

Hisobotlarni shakllantirish

Jami (soat)

Ichki audit xizmati bo’limining rahbari













Bosh auditor













Auditor













Auditorning yordamchisi













Boshqa mutaxassislar













Ushbu reja audit ob’ektiga nisbatan tashkiliy jihatdan ham (bo’lim, bo’lim guruhlari va boshqalar), funktsional jihatdan ham o’ziga xoslikka ega bo’lishi lozim. Ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmatini rivojlantirish rejasini ham ishlab chiqishi zarur. Audit rejasi va ichki audit xizmatini rivojlantirish rejasini hisobga olgan holda ichki audit xizmati byudjeti ishlab chiqiladi. U audit rejasi va rivojlantirish rejasini ham bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo’ladigan xarajatlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Byudjet, shuningdek, rejadan tashqari tekshiruvlar o’tkazishni va tekshiruv o’tkazish uchun tashqaridan zarur mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini ham ko’zda tutishi kerak.


Audit rejasida quyidagilarni ko’zda tutish tavsiya qilinadi:

  • auditorlik guruhi va uning tarkibini shakllantirish (ularning soni, audit o’tkazish uchun boshqa bo’linmalardan jalb etilgan mutaxassislarni ham qo’shgan holda);

  • tekshiruvchilarni professional sifatlari va lavozim darajalariga mos holda aniq ob’ektlarga taqsimlash;

  • guruhning hamma a’zolariga ularning majburiyatlari va huquqlari hamda tekshiriladigan ob’ekt haqida axborotlarga ega bo’lish borasida yo’l-yo’riqlar berish;

  • ishchi hujjatlarini yuritish;

Ma’lumotlar auditorlar tomonidan shunday yig’ilishi lozimki, bu ma’lumotlar korxonaning umumiy faoliyati haqida to’laroq ma’lumot bera olishi kerak. Auditor bu hujjatlarni to’plar ekan, hujjatlarda belgilangan talablarga qay darajada amal qilinayotganligini baholaydi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, dastlabki rejalashtirish yaxshi bo’lmasligi auditning natijasiga salbiy ta’sir etadi.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish korxona rahbari tomonidan kuzatuv kengashi tasdiqlagan audit rejasi asosida tayinlanadi. Bu buyruqda tekshiruvning metodi, ya’ni hujjatli yoki kompleksliligi, qancha muddat tekshirilishi, auditorlar guruhining a’zolari, ularning ism-shariflari va lavozimlari ko’rsatib o’tiladi.

Korxonada ichki audit xizmatini tashkil etishda “Ichki auditni o’tkazish tartibi” ishchi hujjatni tayyorlash va tasdiqlash juda muhim. Tasdiqlangan bu hujjat keyingi tekshiruvlarda muhim axamiyat kasb etadi. Hujjatni tayyorlashda yillik reja va ichki auditorlik tekshiruvlarining reja-grafiklarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.




  1. Download 64.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling