Auditorlik tekshiruviga tayyorgarlik ko'rish reja: Kirish
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar auditi bo’yicha ish hujjatlarini saralash, turkumlash va namunalarini to’plash
Download 64.98 Kb.
|
AUDITORLIK TEKSHIRUVIGA TAYYORGARLIK KO\'RISH
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar auditi bo’yicha ish hujjatlarini saralash, turkumlash va namunalarini to’plash.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ichki auditining o’tkazishdan maqsadi korxonada O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan holda foydalanish uchun hisob muomalalari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo’yicha korxonada audit tamoyillariga asoslangan holda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashni va ularni ta’mirlash xarajatlarini aks ettirishni to’g’ri yo’lga qo’yishdan iborat. Asosiy vositalarni audit qilishda ichki auditor quyidagilarni aniqlashi zarur bo’ladi: asosiy vositalar hisobini yuritishda 5-son BHMS va aktivlarni buxgalteriya hisobida yuritishda hisob siyosati talablariga rioya qilinganligini; asosiy vositalarga eskirish hisoblash to’g’ri amalga oshirilganligini; asosiy vositalar saqlanishi bo’yicha nazoratning yo’lga qo’yilganligini; asosiy vositalar qayta baholanishi bo’yicha buxgalteriya hisobining to’g’ri yuritilganligini; asosiy vositalarning kirim qilinishi va chiqib ketishi bo’yicha hisob-kitoblarni to’g’ri yuritilishini; buxgalteriya hisobi va hisobotida asosiy vositalar harakatining to’g’ri aks ettirilganligini; asosiy vositalarning saqlanishi bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligini (korxona rahbari tomonidan xar bir asosiy vositaga javobgar shaxsning buyruq asosida biriktirilganligi); korxonada ishlovchi xodimning lavozimi korxonadagi javobgar shaxsning lavozimi bilan mos kelishini; asosiy vositalar bo’yicha inventarizatsiyaning o’tkazilganligini. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida yuritilishidagi odatiy xato va kamchiliklar quyidagilardan iborat: - asosiy vositalarni o’z vaqtida kirim qilinmaganligi; - asosiy vositani kirim qilinganida boshlang’ich qiymatini noto’g’ri hisoblanganligi va shu asosda ularga eskirish va mol-mulk solig’ining noto’g’ri hisoblanishi; - asosiy vositalar ta’mirining sifatsiz amalga ohirilganligi; - asosiy vositalar bilan bog’liq xo’jalik muomalalarining xujjatlashtirish tartibiga rioya qilinmaganligi; -asosiy vositalar kirimi va chiqimi bo’yicha schyotlar korrespondentsiyasining to’g’ri yuritilmasligi; - asosiy vositalarni sotganda foyda solig’ining noto’g’ri hisoblanishi; -asosiy vositalar bo’yicha inventarizatsiyaning o’z vaqtida o’tkazilmaganligi; - asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda moddiy zararlarning kirim qilinmaganligi. Nomoddiy aktivlarni auditida ichki auditor quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak: nomoddiy aktivlar o’z kuchi bilan yaratilganligiga; nomoddiy aktivlarning hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganligiga; nomoddiy aktivlar boshlang’ich qiymatining to’g’ri hisoblanganligiga; nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish qoidalariga to’g’ri amal qilinganligiga; nomoddiy aktivlar analitik va sintetik hisobining to’g’ri yuritilganligiga; nomoddiy aktivlarga eskirishning to’g’ri hisoblanganligiga; nomoddiy aktivlar bo’yicha buxgalteriya provodkalarini to’g’ri berilganligiga; nomoddiy aktivlarning sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining Bosh kitob va buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari bilan mos kelishiga. Xulosa Men bitiruvoldi amaliyot dasturiga muvofiq amaliyotimni “FAZO-LUXE” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatida olib bordim. Amaliyotimni bu korxonaning ichki audit bo’limida o’tadim. Amaliyot o’tash jarayonida men buxgalteriya hisobi hujjatlari hamda uning to’g’ri yuritilishi, undan tashqari uning ichki auditor tomonidan tekshirilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishdim va o’rgandim. Amaliyotim davomida ichki auditor faoliyati bilan tanishdim. Ichki auditor ish faoliyati davomida buxgalteriyaga hamda audit sohasiga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan tanishtirdi. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mavzu orqali auditorlik tashkilotlarida auditorlik hisoboti va uni tuzish jarayonini milliy va xalqaro standartlar asosida tashkil etish va takomillashtirishda muhim omil hisoblanadi. Hozirgi davrdan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, Oʻzbekistonda audit faoliyatiga katta eʼtibor qaratilmoqda, nafaqat auditor balki buxgalteriya sohasiga ham katta oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shu jumladan, 2021-yildan boshlab yirik tashkilotlarning buxgalteriya xisobini xalkaro standartlar asosida yuritilishi belgilanib qo’yilgan. Bu esa tekshiruv jarayonini xam yaʼni auditor o’z professional faoliyatini xam xalqaro standartlar asosida olib borishi talab etiladi. Amaliyot davomida bundan tashqari korxonada ichki audit xizmati faoliyatini tashkil qilish, tashkiliy tuzilmasi va xususiyatlari, auditorlik tekshiruviga tayyorgarlik ko’rish, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar auditi, tovar-moddiy zahiralar auditi bo’yicha auditorlik dalillarini to’plash, xususiy kapital shakllanishi va taqsimlanishi hamda ta’sischilar bilan hisoblashishlar auditi, daromadlar va xarajatlar hamda moliyaviy natijalar auditi, auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash tartibini chuqur va mukammal o’rgandim. Hamda shu bitiruvoldi amaliyotimni o’tashda “FAZO-LUXE”” MCHJning ichki auditori, buxgalteriya hodimlari yaqindan yordam berdi. Kelajakda ular bergan bilimlardan yuqori darajada foydalanishimga hamda o’rgangan bilimlarim sabab qoqilmasligimga ishonaman. Adabiyotlar: Download 64.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling