Auditorlik tekshiruvining turlari va shakllari
Download 41.75 Kb.
|
1 2
Bog'liqтаркатма
AUDITORLIK TEKSHIRUVINING TURLARI VA SHAKLLARI MAJBURIY AUDITORLIK TEKSHIRUVIDAN BO’YIN TOVLAGANLIGI UCHUN QO’LLANILADIGAN JARIMA MIQDORI Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari. Auditorlik tashkilotlari majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni va N 90-«Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti(AFMS)da ko’rsatilgan, istalgan professional xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko’rsatishga erishishi uchun o’z faoliyatini shunday tashkil etishi kerak-ki, uning ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: Mijoz-korxona rahbariyati shartnoma asosida professional xizmatlar ko’rsatayotgan auditorlar faoliyati ustidan joriy nazorat o’rnatishi va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi muammolar yuzaga kelganda ularga ma’lum qilishi mumkin. Kasbga doir xizmatlar ko’rsatish tartibi. Kasbga doir xizmatlar auditorlik tashkiloti bilan ushbu xizmatlar buyurtmachisi o’rtasida tuziladigan kasbga doir xizmatlar ko’rsatish shartnomasi asosida ko’rsatiladi. Shartnomani bajarayotganda auditor auditor, xo’jalik yurituvchi sub’ekt (buyurtmachi) va zarurat bo’lganda istalgan uchinchi tomonlar bilan kelishilgan taomillarni bajaradi va ko’rsatilgan kasbga doir xizmatlar natijalari to’g’risida asoslangan xulosalar Bilan hisobot taqdim etadi. Hisobot kasbga doir xizmatlar buyurtmachisiga kasbga doir xizmatlar ko’rsatish shartnomasining shartlariga muvofiq hajm va muddatlarda taqdim etiladi. Kasbga doir xizmatlar ro’yxati. Auditorlik tashkiloti kasbga doir quyidagi xizmatlarni ko’rsatishi mumkin: Shartnoma tuzilayotganda hal qilinadigan masalalar. Kasbga doir xizmatlar ko’rsatish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi. Auditorlik tashkiloti shartnomada quyidagi masalalarni ham aks ettirishi lozim: Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash to’g’risidagi qaror Moliya Vazirligining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Auditorlik tashkilotlari litsenziya olish uchun Moliya Vazirligiga taqdim qiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:
Taomillar va isbot-dalillar. Kasbga doir xizmatlar ko’rsatish shartnomasida kelishilgan taomillar miqdori va hajmi kasbga doir ko’rsatilgan xizmatlar natijalari to’g’risida hisobot tuzish uchun zarur miqdorda isbot-dalillar olish uchun etarli bo’lishi kerak. Kelishilgan taomillar o’z ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
Download 41.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling