Auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash


Kurs ishi asosiy masalalari va vazifalari


Download 48.94 Kb.
bet2/8
Sana08.04.2023
Hajmi48.94 Kb.
#1341846
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI (4)

Kurs ishi asosiy masalalari va vazifalari Shunga ko’ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Ushbu kurs ishimizda keltirilgan jumlalarni tahlil qilish orqali shuni takidalshimiz mumkinki debitor va kreditor qarzlar auditini to’g’ri tashkil qilish va takomillashtirishga oid bo’lgan omillar bayon qilib berilgan. Shuningdek, mamlakatimizda debitor va kreditor qarzlar auditorlik hisobotini tuzish va amaliy tahlil qilish natijasida ularning moliyaviy faoliyatini yanada aniq baho berish chora tadbirlari kurs ishimizning dolzarbligini belgilab beradi. Bugungi kunda mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga salbiy taʼsir qilayotgan va oʼz yechimini kutib turgan muammolardan biri bu debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosidir. Debitorlik va kreditorlik qarzlari korxonalar faoliyatining doimiy yoʼldoshi hisoblanadi. Аmmo, debitorlik va kreditorlik qarzlarining meʼyoridan oshib ketishi va toʼlov muddatining oʼtib ketishi korxonalarning moliyaviy holatining yomonlashuviga, ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarning vujudga kelishiga sabab boʼlishi mumkin. Muddati oʼtgan qarzlar summasi oʼsishining oldini olish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda har bir korxona va tashkilot rahbariyati oldidagi masalalardan biridir.
Kurs ishining tuzilishi :Ushbu kurs ishi kirish qismi,5ta rejadan tashkil topgan,kurs ishi so’ngida talaba bildirgan xulosa va takliflar hamda foydalangan fan adabiyotlardan iborat.
Asosiy qism
Auditorlik hisoboti va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;

  2. aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;

  3. auditorlik dalillarning etarliligini baholash;

  4. buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;

  5. hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash;

  6. tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;

  7. auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.

Auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida asosan tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydilar.
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalik yurituvchi sub’ekt mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:

  1. xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;

  2. tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalik muomalalari;

  3. mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;

  4. inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;

  5. katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan javoblar olinmaganligi;

  6. tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalik muomalalari.

Auditor to’plangan dalillar etarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak. Shuningdek, katta xatolar xatarini dastlabki baholash va batafsil tekshirish rejalari ham e’tiborga olinishi lozim.
Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida aniqlangan va hisobga olingan bo’lsa, unda auditor to’plangan dalillarning etarliligiga va rejalashtirilgan hamda qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga muvofiqligiga baho berishi zarur.
Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o’tkazish natijalari audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishilganlik darajasini baholagan holda auditorning ishchi hujjatlarida qaid qilinishi lozim. Masalan, audit o’tkazish dasturining «Debitor va kreditor qarzlarni tekshirish» bo’limi bo’yicha o’tkazilgan audit natijalarini baholashda quyidagi auditorlik amallarini tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiq:

Download 48.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling