Auditorlikning kelib chiqishi va evolyutsiyasi Auditning maqsadlari
Download 329.5 Kb.
|
1. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi Auditorlik faoliyati
Moliya Vazirligi auditorlar palatasi professional buxgalterlar uyushmasi va boshqalar Respublikadagi auditorlik tashkilotlari faoliyatini tekshirib, ish sifatlarini nazorat qilib turadilar. Auditning zarurligi. Auditorlik xizmatiga bo’lgan ehtiyoj quyidagi omillar sababli vujudga keladi: Axborot tuzuvchilar (rahbariyat) tomonidan ob’ektiv bo’lmagan hisobotlar tuzilishi ehtimoli va uning oqibatida axborot foydalanuvchilar va uni tayyorlovchilar orasida nizo vaziyatlari vujudga kelishi; Qarorlar qabul qilishning sifatli axborotga bog’liqligi; Axborotlarni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi; Foydalanuvchilarga axborotning sifatliligini baholash uchun ruxsatning mavjud emasligi; Yuqoridagi va boshqa sabablar mustaqil ekspert, etarli darajadagi tayyorgarlik, kvalifikatsiya tajriba va bunday xizmat ko’rsatishga huquqi bo’lgan xizmatni ijtimoiy taqazo qiladi. Auditorlik xizmati - bu moliyaviy axborotlarning ishonchliligini belgilovchi va boshqa buxgalteriya hamda maslahat xizmatlarini ko’rsatuvchi faoliyat. Ishonchli axborot kapital bozorining samarali amalga oshishi va baholash imkoniyatini hamda turli iqtisodiy qarorlarning istiqbolini aniqlashga yordam beradi. Auditorlik tekshiruvlarini, u majburiy bo’lmagan holda o’tkazilishi ham katta ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona kredit muassasalari va boshqa xo’jalik sub’ektlari bilan mulk, mablag’ va tijorat operatsiyalari hamda investitsiya faoliyatlarida shartnoma asosida munosabatda bo’ladilar. Ushbu munosabatlarning ishonchliligi va hamkorlikning hamma qatnashchilari moliyaviy axborotlardan foydalanishlari asosida tashkil etiladi. Bu axborotlarning ishonchliligi mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlanadi. Davlat uchun iqtisodiyot va soliqqa tortish sohalarida qarorlar qabul qilishda, sud, prakratura va tergov jarayoni uchun moliyaviy hisobotlarni ishonchliligini korxonalar faoliyati natijalari to’g’risida axborotlarni mustaqil tasdiqlash muhimdir. Ayrim mualliflarning fikricha audit zarurligini asoslash uchun agentlar nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariyaga asosan audit ma’lum bir shaxslar moliyaviy axborotlarining ishonchliligi va doirasi tushuniladi. Aniq va to’g’ri ma’lumot nafaqat investorlar yoki aktsionerlar, balki kreditorlarga qarzning qaytarilishini to’g’ri baholash va foizlarni hisoblash uchun ham zarur. Davlat iqtisodiy siyosatni va soliq tizimini ishlab chiqish uchun ushbu aniq ma’lumotlarga tayanadi. Auditorlik xizmatlarining asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir. Auditorlar etarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun bu vazifani malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar. Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy tanazzuli katta turtki bo’ldi. Bu davrda aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ko’pchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan, balans, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini qat’iy belgilash, ularning to’g’riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan . Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo’lib, barcha investorlar, aktsiyadorlar, kreditorlar auditorlarni o’zlarining himoyachisi sifatida qabul qilganlar. Auditorlar haqida ularni aktsiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash 1929 yilda «Kompaniyalar to’g’risidagi qonun» chiqarilishi bilan o’zgardi. Ushbu qonunga muvofiq barcha kompaniyalar o’zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda va zararlarni majburiy ravishda ko’rsatishlari belgilab qo’yildi. Oxirgi 25 yil mobaynida auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan o’tdi: Download 329.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling