Auditorning kasb etikasi mavzusi bo‘yicha testlar auditorlik faoliyatini litsenziyalash deganda nima tushuniladi?


Download 116.85 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi116.85 Kb.
#1759438
Bog'liq
1-mavzu auditga umumiy tavsif mavzu bo‘yicha testlar-fayllar.org




AUDITORNING KASB ETIKASI 
MAVZUSI BO‘YICHA TESTLAR

1. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash deganda nima tushuniladi?
A. Bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o‘rnatish uslubidir.
B. Bu «Auditorlar palatasi» tomonidan audit o‘tkazishga ruxsat berish.
C. Bu Moliya vazirligining auditorga audit qilishga ruxsat berishi.
D. Bu malaka sertifikatini berishni nazorat qilish.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
2. Auditorlarni sertifikatsiyalash qanday tartibda o‘tkaziladi?
A. Auditorlarni sertifikatlash «Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom» ga
asosan o‘tkaziladi.
B. Auditorlarni imtihon qilish orqali o‘tkaziladi.
C. «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» asosida o‘tkaziladi.
D. A va B.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
3. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash qanday me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi?
A. Vazirlar Mahkamasining 365-qarori asosida.
B. Audit milliy standartlari asosida.
C. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida.
D. Auditning xalqaro standartlari asosida.
E. «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash» dasturi asosida.
4.Auditorlik tashkilotining mustaqilligi nima bilan kafolatlanadi?
A. Audit milliy standartlari bilan.
B. «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» bilan.
C. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» gi qonun bilan.
D. Auditning xalqaro standartlari asosida.
E. Barcha javoblar to‘g‘ri.
5. Auditorlik tashkilotiga auditorlik faoliyatini olib borish huquqini beruvchi hujjat nomi?
A. Sertifikat.
B. Litsenziya.
C. Guvohnoma.
D. Sertifikat va litsenziya.
E. Ruxsatnoma.
6. Auditorga tekshirish uchun huquq beradigan hujjat?
A. Sertifikat.
B. Litsenziya.
C. Diplom.
D. Diplom va sertifikat.
E. Guvohnoma va sertifikat.
7. «O‘zbekiston auditorlarining kasb etikasi kodeksi» qachon qabul qilingan?
A. 2002- yil 13 -may.
B. 2004- yil 5 - aprel.
C. 1999 -yil 15- yanvar.
D. Kodeks hali qabul qilinmagan.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
8. «O‘zbekiston auditorlarining kasb etikasi kodeksi» loyihasi nechta moddadan iborat?
A. 15 modda. 
B. 22 modda.
C. 18 modda.
D. 25 modda.
E. 19 modda.
9. Auditorlik kasbining maqsadi nimada namoyon bo‘ladi?
A. Korxona moliyaviy ma’lumotlari to‘g‘risida tegishli yuqori tashkilotlarga axborot berish.
B. Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni huquqni muhofaza qilish
organlariga berish.
C. Asosan jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun eng yuqori samaradorlikka yerishish uchun oliy darajadagi
professionalizm me’yorlariga mos ishlashdan iborat.
D. A va B.
E. to‘g‘ri javob keltirilmagan.
10. Qonunga muvofiq auditorlik tashkiloti kapitalining qancha qismi bir yoki bir necha auditorlarga tegishli bo‘lishi lozim?
A. 25 % dan ko‘p qismi.
B. 50 % dan ko‘p qismi.
C. 51 % dan ko‘p qismi.
D. 67 % dan ko‘p qismi
E. 75 % dan ko‘p qismi


11. Auditor qanday hollarda muhimlikni ko‘rib chiqishi lozim.
A. Auditorlik amallarining xususiyatlarini aniqlashda.
B. Auditorlik vaqti va chuqurligini aniqlashda.
C. Xatolar ta’sirini aniqlashda.
D. Barcha javoblar to‘g‘ri.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
12. Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to‘g‘ri?
A. Auditorlik tashkiloti audit o‘tkazish chog‘ida ekspert xizmatidan faqat, auditorlik tashkiloti
rahbari roziligi bilan foydalanishi mumkin.
B. Auditorlik tashkiloti audit o‘tkazish chog‘ida ekspert xizmatidan faqat, audit o‘tkazayotgan
shaxs roziligi bilan foydalanishi mumkin.
C. Auditorlik tashkiloti audit o‘tkazish chog‘ida ekspert xizmatidan faqat, korxona rahbari roziligi
bilan foydalanishi mumkin.
D. Auditorlik tashkiloti audit o‘tkazish chog‘ida ekspert xizmatidan faqat, korxona joylashgan
tuman hokimi roziligi bilan foydalanishi mumkin.
E. Auditorlik tashkiloti audit o‘tkazish chog‘ida ekspert xizmatidan faqat, soliq idorasi rahbari
roziligi bilan foydalanishi mumkin.
13. Ekspertiza xizmati bo‘yicha pudrat shartnomasi . . . . . .
A. Auditorlik firmasi direksiyasi bilan korxona o‘rtasida tuziladi.
B. Korxona bilan taklif qilinayotgan mutaxassis o‘rtasida tuziladi.
C. Hech qanday shartnoma tuzilmaydi.
D. Auditorlik firmasi direksiyasi bilan taklif qilinayotgan mutaxassis o‘rtasida tuziladi.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
14. Ekspertiza xizmati bo‘yicha pudrat shartnomasi bo‘yicha haq to‘lash pudrat uchun . . . . . . . .
A. Kartochka naryadini topshirganda amalga oshiriladi.
B. To‘lov qaydnomasi topshirilganda amalga oshiriladi.
C. Dalolatnoma topshirilganda amalga oshiriladi.
D. Nakladnoy topshirilganda amalga oshiriladi.
E. Buxgalteriya ma’lumotnomasi topshirilganda amalga oshiriladi.

15. Pudratchi aybi bilan shartnomani bajarish imkoni bo‘lmaganda buyurtmachi haqning necha foizini to‘lash shart?
A. Haqning 50% ini to‘lashi shart.
B. Haqning 25% ini to‘lashi shart.
C. Haq to‘lamasdan buzishga haqli.
D. Haqning 100% ini to‘lashi shart.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
Download 116.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling