AUDITORNING KASB ETIKASI
MAVZUSI BO‘YICHA TESTLAR
1. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash deganda nima tushuniladi?
A. Bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o‘rnatish uslubidir.
B. Bu «Auditorlar palatasi» tomonidan audit o‘tkazishga ruxsat berish.
C. Bu Moliya vazirligining auditorga audit qilishga ruxsat berishi.
D. Bu malaka sertifikatini berishni nazorat qilish.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
2. Auditorlarni sertifikatsiyalash qanday tartibda o‘tkaziladi?
A. Auditorlarni sertifikatlash «Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom» ga
asosan o‘tkaziladi.
B. Auditorlarni imtihon qilish orqali o‘tkaziladi.
C. «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» asosida o‘tkaziladi.
D. A va B.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
3. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash qanday me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi?
A. Vazirlar Mahkamasining 365-qarori asosida.
B. Audit milliy standartlari asosida.
C. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida.
D. Auditning xalqaro standartlari asosida.
E. «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash» dasturi asosida.
4.Auditorlik tashkilotining mustaqilligi nima bilan kafolatlanadi?
A. Audit milliy standartlari bilan.
B. «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» bilan.
C. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» gi qonun bilan.
D. Auditning xalqaro standartlari asosida.
E. Barcha javoblar to‘g‘ri.
5. Auditorlik tashkilotiga auditorlik faoliyatini olib borish huquqini beruvchi hujjat nomi?
A. Sertifikat.
B. Litsenziya.
C. Guvohnoma.
D. Sertifikat va litsenziya.
E. Ruxsatnoma.
6. Auditorga tekshirish uchun huquq beradigan hujjat?
A. Sertifikat.
B. Litsenziya.
C. Diplom.
D. Diplom va sertifikat.
E. Guvohnoma va sertifikat.
7. «O‘zbekiston auditorlarining kasb etikasi kodeksi» qachon qabul qilingan?
A. 2002- yil 13 -may.
B. 2004- yil 5 - aprel.
C. 1999 -yil 15- yanvar.
D. Kodeks hali qabul qilinmagan.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
8. «O‘zbekiston auditorlarining kasb etikasi kodeksi» loyihasi nechta moddadan iborat?
A. 15 modda.
B. 22 modda.
C. 18 modda.
D. 25 modda.
E. 19 modda.
9. Auditorlik kasbining maqsadi nimada namoyon bo‘ladi?
A. Korxona moliyaviy ma’lumotlari to‘g‘risida tegishli yuqori tashkilotlarga axborot berish.
B. Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni huquqni muhofaza qilish
organlariga berish.
C. Asosan jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun eng yuqori samaradorlikka yerishish uchun oliy darajadagi
professionalizm me’yorlariga mos ishlashdan iborat.
D. A va B.
E. to‘g‘ri javob keltirilmagan.
10. Qonunga muvofiq auditorlik tashkiloti kapitalining qancha qismi bir yoki bir necha auditorlarga tegishli bo‘lishi lozim?
A. 25 % dan ko‘p qismi.
B. 50 % dan ko‘p qismi.
C. 51 % dan ko‘p qismi.
D. 67 % dan ko‘p
qismi
E. 75 % dan ko‘p
qismi