17-MAVZU: MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA SOTISHNING AUDITI
Quyidagi atamalarga izoh bering: Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, umumiy ishlab chiqarish xarajatlari, bevosita va bilvosita xarajatlar, ustama xarajatlar, mahsulot tannarxini aniqlash usullari, ishlab chiqarishdagi brak, tayyor mahsulotning baholanishi va saqlanishi, sotish bilan bog’liq xarajatlar, mahsulot sotishdan tushgan tushum va sof tushum.
NAZORAT SAVOLLARI
Ishlab chiqarish xarajatlari auditining oldiga qanday maqsad qo’yiladi?
Ishlab chiqarish xarajatlari auditining qanday me’yoriy asoslari va xususiyatlari mavjud?
Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish qanday amalga oshiriladi?
Yordamchi ishlab chiqarishlar auditi qanday amalga oshiriladi?
Umumishlab chiqarish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi?
Mahsulot tannarxi to’g’ri aniqlanganligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Ishlab chiqarishdagi brak auditi qanday amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulotni baholashning auditi qanday amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulotning saqlanishi auditi qanday amalga oshiriladi?
Sotish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulotlarni jo’natish bo’yicha muomalalar to’g’riligining auditi qanday amalga oshiriladi?
1-masala. Ishlab chiqarish korxonasini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish vaqtida quyidagilar aniqlandi:
Korxona xodimlariga meditsina xizmati ko’rsatish uchun pul to’langan:
D-t 2510 K-t 5110 3000 ming so’m.
Korxona xodimlari farzandlarining dam olishlari uchun lagerga putyovka olingan:
D-t 9430 K-t 5110 1500 ming so’m.
Oborot mablag’larini to’ldirish uchun olingan qisqa muddatli kredit foizi to’langan:
D-t 6810 K-t 5110 74 ming so’m.
8- mart «Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan sovg’a olingan
D-t 9420 K-t 5010 270 ming sum.
Do'stlaringiz bilan baham: |