Аудиторское заключение
Download 0.58 Mb.
|
«Ички аудит» масалалар туплами
«AUDIT» FANIDAN MASALALARTO’PLAMIKIRISH «Audit» fanidan mashg’ulotlar to’plami namunaviy dastur asosida bakalavriat yo’nalishining buxgalteriya hisobi va audit, moliya, bank ishi, soliqlar va soliqqa tortish va boshqa yo’nalishlari uchun mo’ljallangan. Mazkur mashg’ulotlar to’plami buxgalteriya hisobining 21-son milliy standarti (BHMS)ga binoan yangi schyotlar rejasi va auditorlik faoliyatning milliy standartlari (AFMS)ga asoslanib tuzilgan. To’plam yigirma uchta mavzudan iborat bo’lgan amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga qamrab olib, har bir mavzu uchun turli holatlarga oid masalalar va nazorat savollaridan iboratdir. Bu o’z navbatida darslarni seminar va amaliy mashg’ulot sifatida o’tishga imkoniyat yaratadi. Mashg’ulotlar to’plamining mavzulari auditni tashkil etish jarayoni, auditorning huquq va majburiyatlari, auditorning ahloqiy qoida me’yori hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini haqqoniyligini aniqlash maqsadida hisob ishlarining barcha bo’limlarini tekshirish masalalarini o’z ichiga olgan. Auditorlik tekshirishning barcha yo’nalishlari bo’yicha maqsadi va vazifalari aniqlangan. Har bir bo’limni bajarilishi bo’yicha topshiriqlar va ko’rsatmalar berilgan. Bularni o’rganilishi o’z navbatida auditorlik jarayonining ketma-ketlikda bajariladigan ishlarini, ya’ni uni rejalashtirishdan toki auditorlik hisobot tuzish va auditorlik xulosani rasmiylashtirishgacha bo’lgan auditorlik amallarini bajarishga yordam beradi. Bundan tashqari, auditorning tekshiruv o’tkazish texnikasi va usuli bo’yicha olgan bilimlarini yanada kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Bu to’plam orqali talabalar o’z-o’zini mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o’tkazishda foydalanilishlari mumkin. Shuningdek mazkur mashg’ulotlar to’plamida korxonaning moliyaviy hisoboti, auditorning hisoboti va xulosasidan namunalar va tegishli ilovalar keltirilgan. Bu o’z navbatida talabalarga mustaqil ravishda auditorlik hisoboti va xulosani tuzishga amaliy yordam ko’rsatadi va bilimlarni mustahkamlaydi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling