Аудиторское заключение
Download 0.58 Mb.
|
«Ички аудит» масалалар туплами
NAZORAT SAVOLLARI
O’zbekistonda auditorlik faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy tizimi va uning kanday elementlarini bilasiz? Auditorlik faoliyatning huquqiy asoslari qanday me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi? O’zbekistonda qanday auditorlik standartlari mavjud? Auditor standartlari qanday klassifikatsiyalanadi? Auditor tushunchasini izohlab bering? Audit xarajatlari amaldagi Qonunlarga muvofiq qaysi manbalar hisobiga qoplanadi? Audit o’tkazishga qaysi mutaxassis auditor bo’lishga huquqli bo’ladi? Auditorlik faoliyati qanday organ tomonidan tekshiriladi? Auditorlik Palatasining funktsiyalari nima? Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun attestatsiya qilish qanday amalga oshiriladi? Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya (malakaviy sertifikat) qaysi organ tomonidan beriladi? Auditorlik firmalarining litsenziyalari yoki auditorning malakaviy sertifikatlari qanday holatlarda kim tomonidan bekor qilinishi mumkin? Auditorlik tashkiloti faoliyatini tugatish yoki to’xtatish to’g’risida da’vo bilan xo’jalik sudiga kim murojaat qilish huquqiga ega? Litsenziyasiz auditorlik faoliyatini amalga oshirganligi uchun unga qarshi qanday tartibda sanktsiya qo’llanilishi mumkin? 1-Masala. Bir necha xafta mobaynida tadbirkor XXX va auditor viloyatlar bo’ylab sayohat qilmoqda. Tadbirkor XXX sayohati davomida turli xil korxonalarda hissa qo’shish imkoniyatini qidirmoqda. Auditor tadbirkorga kapital qo’yish borasida maslahatlar berishi hamda tadbirkor bilan sherikchilik asosida tashkil qilingan korxonaning yillik hisobotini tekshiruvdan o’tkazishi zarur. Topshiriq: 1.Yillik hisobotni tekshirayotganda auditorlarning mustaqillik tamoyilidan kelib chiqqan holda auditorga ham maslahatchi ham auditor deb baho berish mumkinmi? Holatlarni tahlil qiling. 2-Masala. «XXX » firmasi 2008 yilning mart oyida ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish uchun bankka murojaat qildi. Bank firmadan 2008 yil yillik hisobotini ishonchliligini tasdiqlab beradigan auditorlik xulosasini so’radi. «XXX» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiladigan korxonalar turkumiga kirmaganligi sababli auditorlik tekshiruvini o’tkazmagan edi. Lekin 2008 yilning noyabr oyida soliq inspektsiyasi tomonidan hujjatli tekshiruv o’tkazilgan bo’lib, firma bankga ushbu tekshiruv dalolatnomasini taqdim etdi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling