Topshiriq: 2010 yil uchun yillik hisobot auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi shartmi?
2-Masala. «XXX» qo’shma korxonasi 2010 yilning oktyabr oyida «Inter-audit» auditorlik firmasiga analitik hisobni tiklab berish yuzasidan murojaat qildi. Shartnoma asosida xizmat ko’rsatilib, pul to’landi. 2008 yilning mart oyiga kelib «XXX» qo’shma korxonasi xuddi shu auditorlik firmasiga 2010 yil uchun yillik hisobotni tasdiqlab berish yuzasidan qayta murojat qildi.
Topshiriq: Auditorlik firmasi ushbu taklifni qabul qila oladimi?
3-Masala. Auditorlik tashkiloti «A» va «B» firmalaridan auditorlik tekshiruvini o’tkazib berish yuzasidan taklif oldi.
«A» firmasi besh yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo’lib, majburiy auditorlik tekshiruviga tortilmaydi. Soliq inspektsiyasi tomonidan o’tkazilgan xujjatli tekshiruv vaqtida «A» firmasiga katta miqdorda jarima sanktsiyasi qo’yilgan. Agarda firma ushbu jarimani to’lasa, uning moliyaviy barqarorligi yo’qoladi. Shu sababli firma auditorlik tashkilotiga Ushbu moliyaviy jarimani kamaytirib berish uchun tekshiruv o’tkazib berish taklifi bilan chiqdi va auditorlik tashkilotiga ushbu xizmat uchun bir million so’m to’lashini ma’lum qildi.
«B» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiluvchi tashkilot hisoblanadi. Faoliyatining uchinchi yilida firma auditorlik tashkilotini o’zgartirib, yuqoridagi auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. «B» firmasi auditorlik tekshiruvi uchun sakkiz yuz ming so’m to’lab berishini ma’lum qildi.
Auditorlik tashkilotida xodimlar soni cheklangan bo’lib, bir vaqtning o’zida ikkala taklifni qabul qila olmaydi. Ikkala taklifni qabul qilishi uchun chetdan xodimlar jalb qilishi kerak bo’ladi.
Topshiriq: Auditorlik tashkiloti ikkala taklifni qabul qila oladimi? Agar bitta bo’lsa qaysi taklifni qabul qilishi kerak?
2-MAVZU: AUDITORLIK FAOLIYATINING PREDMETI VA METODI
Quyidagi atamalarga izoh bering: Auditning ob’ekti va sub’ekti, auditning predmeti, auditorlik tekshiruvining usullari, xo’jalik faoliyatining tahlili, inventarizatsiya, xujjatli tekshirish, tahliliy amallar, kuzatish, so’rovnoma o’tkazish, kalkulyatsiya, baholash, taqqoslash, skanerlash, tanlash, xo’jalik shartnomalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |