Аудиторское заключение


Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schyoti, -300000 so’m. Debet


Download 1.55 Mb.
bet35/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schyoti, -300000 so’m.
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti;
Kredit 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar” schyoti -280000 so’m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo’yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.


Masala. Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruktsiyasi uchun 3 yil muddatga xorijiy valyutada kredit olingan. Loyiha bo’yicha o’tgan yilning dekabr oyida ishlar tugatilgan va sub’ekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur shartnoma bo’yicha bank xizmati uchun va uning foizi uchun to’lovlarni amalga oshirgan. Lekin o’tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o’z vaqtida to’lab berilmagan. Buxgalteriya hisobida valyuta bo’yicha kreditlar quyidagicha aks ettirilgan:
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti, - 132000 so’m.
Kredit 5210-“Mamlakat ichkarisidagi valyuta” schyot - 132000 so’m.
(Shu jumladan 120000 so’m - kredit uchun foiz 12000 so’m - bank xizmati).
Talab qilinadi:
1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3.Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’liq va to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo’yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.


Masala. Korxonada asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya qilishda dastlabki narxi 800000 so’m, amortizatsiyasi 300000 so’mlik ob’ekt etishmasligi aniqlandi.
Hisobot yilining dekabr oyida bu ob’ekt shartnomaga ko’ra uning narxi 156000 so’m inventarizatsiya o’tkazish paytida auditorga shartnoma va qabul topshirish akti taqdim etilgan. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona asosiy vositalaridan bir qismini sotib yuborganligi va bu muomalalar buxgalter tomonidan o’z vaqtida hisobga olinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu xo’jalik muomalalari hisobot yilining 31 dekabrigacha bo’lgan holati bo’yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilmaganligi tekshiruv jarayonida ma’lum bo’ldi.
Talab qilinadi:
1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yul tutishlari lozim?
4. Xato va kamchiliklar ro’yxati jadvalini tuzing.


Masala. Korxonada 2021 yil sentyabrida ishlab chiqarish uskunasini (tiklash qiymati - 14 000 ming so’m) mukammal ta’mirlash davomida uning asosiy bloklari almashtirildi. Natijada uskunaning unumdorligi ikki baravar oshdi, xizmat qilish muddati esa 2 yilga ko’paydi. Mukammal ta’mirlash bo’yicha barcha xarajatlarni (3 500 ming so’m) buxgalter ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqardi (2510-"Umumishlab chiqarish xarajatlari" hisobvarag’i debetiga).
Bo’lg’usi iqtisodiy nafni aniqlash maqsadida korxona buxgalteri tomonidan, qilingan kapital qo’yilmalar emas, balki joriy xarajatlar sifatida quyidagi tartibda hisobga olingan.
Modernizatsiyalash xarajatlarini kapital qo’yilmalarga o’tkazish:

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling