Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet19/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

MAVZU BO‘YICHA MASALALAR
Masala. «TOYOTA» kontserni “KPMG” auditorlik kompaniyasiga tekshiruv o‘tkazib berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik kompaniyasi bilan shartnomaning buzilish sababi auditorlik xulosasining o‘z vaqtida taqdim qilinmaganligidir.
«TOYOTA» kontsernining ikkita bo‘linmasi mavjud bo‘lib, ularning birinchisi bosh ofis bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo‘lim korxona va tashkilotlarga isitish va sovitish sistemasini o‘rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga binoan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi bo‘linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo‘lib, elektr buyumlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Ikkala bo‘limda ham buxgalter mavjud bo‘lib, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi bo‘lim daromadli bo‘lib, ikkinchi bo‘limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi bo‘limni sotib yuborish uchun xaridor izlamoqda. Birinchi bo‘limning menedjerlari yuqori malakali bo‘lib, ishni to‘g‘ri tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aksiyalar kursini ko‘tarish maqsadida tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan.
Talab qilinadi:

  1. “KPMG” auditorlik kompaniyasi auditori ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.

  2. Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang.

Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona yil oxirida birlamchi buxgalteriya hujjatlarini inventarizatsiya qilganligi, endi saqlash muddati tugaganligi munosabati bilan ularning bir qismini yo‘q qilishni rejalashtirayotganligi aniqlandi. “KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlaridan korxona mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan bu borada quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi:
“Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi: qog‘ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi yoki ularni yo‘q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo‘q qilish mumkin? Bunday holda yo‘q qilish dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo‘ladi va kim tomonidan tasdiqlanadi?”
Talab qilinadi:

  1. “KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlari tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?

  2. “KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlari ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

Masala. “Ernst and Young” auditorlik kompaniyasi mijozi “Nike” kompaniyasi quyidagi keltirilgan muammoni hal etish bo‘yicha auditorlarga murojaat etdi. Kompaniyada quyidagi funksiyalarni bajaruvchi 3 ta ma’muriy xodim mavjud va bu xodimlar quyidagi funksiyalarni bajarishlari lozim:
1. Bosh kitobni yuritish.
2. To‘lanadigan schotlar registrlarini yuritish.
3. Cheklarni imzolashga tayyorlash.
4. To‘lov jurnalini yuritish.
5. Bankdagi schetlarni nazorat qilish.
6. Pul tushumlarini yig‘ish va ularni bankdagi hisob-kitob schetiga o‘tkazish.
Talab qilinadi:
1. Keltirilgan muammo shundan iboratki yuqorida keltirib o‘tilgan xodimlar bo‘yicha bajariladigan funksiyalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganidadir. Siz ushbu funksiyalarini xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanganki, natijada kompaniyada ichki nazorat yuqori darajada tashkil etilsin.
2. Har bir funksiyani bajaruvchi xodimlarni lavozimi bo‘yicha ajratib chiqing.



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling