Аудиторское заключение
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
Masala. Auditorlik dalillar bo’yicha ishchi standart talabiga ko’ra, auditor muhimlikka ko’ra test o’tkazishning quyidagi keltirilganlarning biridan foydalanishi mumkin a) Xo’jalik operatsiyalari bo’yicha testlar o’tkazish; b) qoldiqlar bo’yicha testlar o’tkazish; v) analitik amallar.
Talab qilinadi:Quyida keltirilgan amallarni yuqorida aytib o’tilgan muhimlilikka ko’ra test o’tkazishning qaysi turiga kirishini jadval asosida keltirib o’ting: 1. Haqiqiy natijalar bilan rejadagi ko’rsatkichlarni solishtirish. 2.Cheklar reestrida qayd etilgan «to’langan» cheklar bo’yicha provodkalarni topshirish. 3. To’lashga doir hisoblangan foizlarni qayta hisob-kitobini o’tkazish. 4. Zahiralarning aylanuvchanlik koeffitsientini hisoblash va tarmoq bo’yicha taqqoslash. 5. Yil oxiriga bank schyotlarini tekshirish. 6. Realizatsiya jurnali provodkalari bilan schyot-fakturalar hisobini solishtirib tekshirish. 7.Yil oxiriga mavjud korxona kantselyariya zahiralarini inventarizatsiyadan o’tkazish. Masala. Toshkent shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonasiga tegishli kafe haftada 7 kun, bir kunda 12 soat (haftada jami 84 soat) ishlaydi. Kafedagi xizmat ko’rsatuvchi 4 o’rindiqli stollar soni 36 ta. Ma’muriy xodimlar soni 2 kishini, texnik xodimlar 1 kishini tashkil etadi. Korxonada 2022 yilning IV choragida butun korxona bo’yicha haqiqatdagi mehnatga haq to’lash fondi 14 200 000 so’mni tashkil etsa, stollar soni o’zgarmagan holda, korxona DSIga taqdim etadigan xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondi to’g’risidagi ma’lumotnoma-hisob-kitobini qanday to’ldirish lozimligi bo’yicha maslahat-tushuntirish bering. Masala. Kichik qo’shma korxonaning asosiy faoliyat turi ishlab chiqarish hisoblanadi. U umumbelgilangan tartibda soliqlar to’laydi. 2021 yilda korxonada xom ashyo bilan bog’liq muammolar yuzaga keldi. Korxona boshqa korxona bilan 1 yil muddatga moddiy yordam to’g’risida qarz shartnomasini tuzdi. Qarz beruvchi yagona soliq to’lovi to’lovchisidir. Qarz beruvchining hisobvaraq-fakturasida QQS ko’rsatilmagan, chunki uni to’lamaydi. Qarzni belgilangan muddatda qaytarish chog’ida korxonada hisobvaraq-fakturani to’ldirish borasida shubha paydo bo’ldi. Agar QQS ustuni to’ldirilsa, bu QQS hisobotida (7-ilova) qanday aks ettiriladi? Qarz beruvchi hisobvaraq-fakturani qanday qilib to’g’ri to’ldirishi kerak? Ikkala tarafning buxgalteriya provodkalari qanday ko’rinishda bo’ladi? Masala. MCHJ balansida 2022 yilda xarid qilingan uchta avtomashina bor. MCHJ ustavi va ta’sis hujjatlariga muvofiq ulardan birini uchinchi shaxsga tekinga berilgan? Yuqorida keltirilgan muomalalarni to’g’ri va qonuniy amalga oshirilganligini tekshirishda qanday ma’lumot manbalari yoki dalillar o’rganilishi lozim? Masala. Ulgurji savdo qiluvchi korxonaning 2021 yil yanvar-sentyabr oylaridagi tushumi 32 000 ming so’mni tashkil qilgan. IV chorakda 14 500 ming so’mlik tovarlar realizatsiya qilingan. Oktyabrda xaridor sentyabrda sotilgan 600 ming so’mlik tovarning bir qismini qaytargan. Ushbu tovarning xarid qiymati 370 ming so’mni tashkil etgan. Korxona qaytarilgan tovar summasi - 600 ming so’mga yillik tovar oborotini kamaytirgan. Shu tariqa, 2021 yil uchun YAST hisob-kitobining 010-satrida aks ettiriladigan tushum 45 900 ming so’mni (32 000 + 14 500 - 600) tashkil qilgan. Korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobida tovarning qaytarilishi quyidagicha aks ettirilgan:
Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling