Debet 9130-"Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi" schyoti,
1080-"Inventar va xo’jalik jihozlari" schyoti;
Kredit 9410-"Sotish xarajatlari" schyoti.
Hisoblab yozilgan amortizatsiyani tuzatilishi:
Debet 0190-"Boshqa asosiy vositalar" schyoti;
Kredit 9410-"Sotish xarajatlari" schyoti va hokazo.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yul qo’yilgan xatoni aniqlab, to’g’ri buxgalteriya provodkalarini bering hamda auditorlik hisobotining asosiy vositalar bo’limi uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Buxgalteriya hisobini tiklab berish yuzasidan xizmat ko’rsatayotgan vaqtda auditor quyidagi xolatni aniqladi:
Korxonada ishlab chiqarish uchun mo’ljallangin asosiy vosita sotib olingan bo’lib, uning qiymati QQS bilan birgalikda 12 million so’mni tashkil etadi. Asosiy vositani montaj qilish uchun montaj tashkilotiga QQS bilan birga 1200 ming so’m pul to’langan. Asosiy vosita uchun amortizatsiya me’yori 15%. Auditordan asosiy vositani kirimga olish, uch oylik amortizatsiya hisoblash va 2 koeffitsient asosida asosiy vositaning qiymatini oshirish (qayta baxolash) talab qilinadi.
Talab qilinadi:
Ushbu muomalarni amalga oshiring va buxgalteriya schyotlarida aks ettiring. Asosiy vositalarni qabul qilishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarni ayting?
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Masala. Korxonada muddatidan avval eskirishi oqibatida ikkita boshlang’ich qiymati 1350000 so’mdan bo’lgan muzlatgich hisobdan chiqarilgan. Muzlatgichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 1180000 so’mni, ikkinchisiniki esa 1200000 so’mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to’liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yo’qligi deb ko’rsatilgan. Muzlatgichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 37500 so’m ish haqi hisoblangan, 40000 so’m metalalom hamda 95000 so’mlik ehtiyot qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatgichlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan moliyaviy natijani 306500 so’m deb baholab, uni 95900 schyotga hisobdan chiqargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |