Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet32/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1.Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o’tkazish ketma-ketligi.
2.Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumotlar manbalari.
3.Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish xususiyatlari.
4.Asosiy vositalar harakati auditi.
5.Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish.
6.Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi.
7.Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirish. 8.Asosiy vositalarni ta’mirlash auditi.
9.Xo’jalik va pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining xususiyatlari.


MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. QQSsiz YAST to’lovchi o’quv markazi chet tili kurslari uchun 10 ta audio-pleer sotib oldi (har biri 250 ming so’mdan). Chakana savdo korxonasi esa 300 ming so’m turadigan pul hisoblash mashinasini xarid qildi va do’konga o’rnatdi. Aktivlarni hisobga qabul qilish sanasida EKIH 57 200 so’mga teng edi.
Ikkala tashkilot asosiy vositalarning umumbelgilangan qiymat mezoni - EKIHning 50 baravarini (EKIH 57 200 so’m bo’lganda - 2 860 ming so’m) qo’lladi. Biroq ikkala holda buxgalteriya faqat xizmat qilish muddatini e’tiborga olib, xaridlarni 0190-"Boshqa asosiy vositalar" hisobvarag’iga kirim qilgan.
Biroq, korxona buxgalteri keyinchalik asosiy vositalarni turkumlashda xatoga yo’l qo’yganligini tushunib etib, asosiy vositalarning qiymatiga asoslangan holda pleerlar ham, pul hisoblash mashinasi ham inventar hisoblanishi va u 1080-"Inventar va xo’jalik jihozlari" hisobvarag’iga kirim qilinishi lozim degan xulosaga kelgan.
O’z navbatida korxona buxgalteri tomonidan xatoni tuzatish uchun quyidagi buxgalteriya provodkalari amalga oshirilgan.
Aktivlarni asosiy vositalardan TMZ tarkibiga o’tkazilishi:
Debet 8510-"Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti;
Kredit 0190-"Boshqa asosiy vositalar" schyoti.
Foydalanishga topshirilgan sub’ektlar balansdan tashqarida hisobga olish bilan bir vaqtda hisobdan chiqarilishi (014-“Foydalanishdagi inventar va xo’jalik anjomlari” schyoti debeti):

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling