Аудиторское заключение
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
Talab qilinadi: Ushbu aniqlangan xatolikning umumiy o’quv qo’llanma ga ta’sirini aniqlang?
11-MAVZU: AKTIVLAR AUDITI 11.1-MAVZU:ASOSIY VOSITALAR AUDITI Quyidagi atamalarga izoh bering: Asosiy vositalar, ularning auditini o’tkazish bo’yicha dastur tuzish, auditda foydalanadigan ma’lumot manbalari, asosiy vositalar auditini hujjatlashtirish, asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi auditi, asosiy vositalarni soliqqa tortishni tekshirish, lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi, xo’jalik va pudrat usulida bajarilgan ishlar auditi. TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR Yuridik shaxs o’zining xo’jalik ehtiyoji uchun ishlatish maqsadida xarid qilgan "Antivirus" dasturiy ta’minoti nomoddiy aktiv mezoniga javob bermasa (masalan, xarid narxi EKIHning 50 baravaridan kam bo’lsa), shuningdek, sotib olingan vaqtida ishlatilmasdan keyinroq ishlatilsa, u buxgalteriya hisobining qaysi schyotiga kirim qilinadi?, Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun olinadigan litsenziyalar nomoddiy aktivlar tarkibiga kiradimi? Iyunda korxonamiz balansiga Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko’ra buzish va yangi bino qurish uchun tugallanmagan qurilish majmuasi kelib tushdi. O’sha yilning iyunidayoq u butunlay buzib tashlandi. Bunda qanday buxgalteriya provodkalari qilinishi kerak? 3. Korxonada maxsus komissiya tomonidan o’tkazilgan inventarizatsiya natijasida tovar-moddiy zaxiralar kamomadi yoki ortiqchasining mavjudligi aniqlangan taqdirda, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi qanday, bu masala qaysi me’yoriy hujjatda belgilangan? Asosiy vositalar hisobini audit qilishda qanday me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi? Asosiy vositalarni to’g’ri baholanganligini qanday tekshirib ko’rish mumkin? Asosiy vositalarni mavjudligi va saqlanishini tekshirish uchun qanday auditorlik amallari qo’llaniladi? Asosiy vositalar hisobini audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo’lib xizmat qiladi? Asosiy vositalarni kirim qilinishi qanday tekshiriladi (tekinga, jismoniy va yuridik shaxslardan sotib olish, qurish, hissa qo’shish orqali va hokazo)? Transport vositalarini sotib olishni tekshirish xususiyatlari nimadan iborat? Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi (tugatilishi) qanday tekshiriladi? Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi? Asosiy vositalarni ta’mirlash bo’yicha muomalalarni tekshirishda nimalarga e’tibor beriladi? Tekinga berilgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishini tekshirish xususiyatlari nimalardan iborat? Ijaraga berilgan asosiy vositalarni tekshirish qanday amalga oshiriladi? Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda qanday me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi? Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi qanday amalga oshiriladi? Xo’jalik usuli va pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining qanday xususiyatlari mavjud? 15. MCHJ pudrat shartnomasi bo’yicha buyurtmachidan o’zining avtomobillariga sarflash uchun yonilg’i mahsulotlarini qabul qilib oladi, ushbu avtomobillar bilan buyurtmachining tegishli sub’ektida qurilish-montaj ishlarini bajaradi. Buyurtmachidan olingan yonilg’i mahsulotlari qayta ishlashga berilgan material deb hisoblanishi mumkinmi? Uning qiymati bajarilgan ishlar hajmiga kiritiladimi hamda ushbu summaga YAST solinadimi? 15. Korxona yagona soliq to’lovini to’laydi. Biz asosiy vositalarni boshqa tashkilotga yoki xususiy tadbirkorga tekinga berishimiz mumkinmi? Mazkur operatsiyaning soliq oqibatlari qanday? Uni hujjatlar bilan qanday rasmiylashtirish lozim? Chet el kompaniyasi vaqtincha o’zining maxsus transport vositalarini olib kirdi, ular qurilish ishlari tugaganidan keyin qaytadan olib ketiladi. Ushbu kompaniyaning O’zbekistondagi doimiy vakolatxonasi qanday hisob yuritishi kerak? Ularni asosiy vositalar sifatida kirim qilish va ularga amortizatsiya hisoblash lozim edimi? Asosiy vositalar qaysi qiymatdan kelib chiqib qayta baholanadi va ular bo’yicha qanday buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi? 18. Tekshirilayotgan korxona ishlab chiqarish uskunasining boshlang’ich qiymati 6 000 ming so’mni va to’plangan eskirish summasi 2 600 ming so’mni tashkil etadi. Korxona qayta baholashni indekslash usuli bilan o’tkazadi. Asosiy vositaning ushbu turi bo’yicha indeks 5,6 ga teng. - Asosiy vositaning tiklash qiymati qanday aniqlanadi? - Asosiy vositani qayta baholash bilan bog’liq operatsiyalar korxonaning buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi? 19. Korxona YAST va QQS to’lovchi bo’lib, o’z xodimlariga moddiy yordam sifatida berish uchun fermer xo’jaligidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib olishni rejalashtiryapti. Uni qanday qilib kirim qilish kerak? Korxona qishloq xo’jaligi mahsulotini o’z xodimlarimizga tekinga berish chog’ida QQS hisoblab yozishi kerakmi? Agar kerak bo’lsa, qanday qilib? 20. Korxonadagi idishlar ishlab chiqarishga berilganda yoki tovar-moddiy zaxiralar chiqib ketganda ularni xarajatlarga hisobdan chiqarish to’g’rimi? Idishlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha xarajatlar qanday hisobdan chiqarilishi, umuman idishlarni hisobga olishning asosiy jihatlari tushuntirib bering. 21. Korxona O’zbekiston Respublikasining intellektual mulk agentligida tovar belgilarini ro’yxatdan o’tkazdi. Haqiqatda qilingan xarajatlar qiymati (to’langan davlat boji summasi) 1 192 500 so’mni tashkil qildi. Mahsulotni bozorga chiqarish uchun biz tovar belgisini reklama qilish uchun xarajat qildi (futbolkalar, plakatlar, kataloglar, logotipli savdo peshtaxtalari chiqardi va hokazo). Tovar belgisini reklama qilish xarajatlarini nomoddiy aktivning dastlabki qiymatiga kiritsa bo’ladimi? Korxona import kontraktini imzoladi, unga asosan tovar kelib tushdi. U Markaziy bank kursi bo’yicha bojxona deklaratsiyasini to’ldirish sanasida kirim qilingan. Korxona tomonidan milliy bankning unga xizmat ko’rsatuvchi bo’limiga konvertatsiya to’g’risida buyurtmanoma bergan, bank esa ijobiy qaror qabul qilgan. Mablag’lar birja kursi bo’yicha konvertatsiyalanganda, u Markaziy bank kursidan past ekanligi ma’lum bo’lgan. Birja kursi bilan Markaziy bank kursi o’rtasidagi ijobiy kurs farqi summasi korxonamizning daromadi hisoblanadimi? Korxona mazkur holatda qanday provodkalardan foydalanishimiz kerak, zero u etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarda aks ettirilmagan va mablag’lar konvertatsiya uchun berilganda hisobga olinmagan? 24. Xorijdagi savdo uyi muassisi bo’lgan korxona o’zi ishlab chiqargan mahsulotni konsignatsiya shartnomasiga ko’ra uning manziliga eksport qiladi. Bojxona deklaratsiyasi eksport rejimida. Rasmiylashtiriladi. Korxona realizatsiyani qaysi sanada aks ettirishi kerak: BYUDni eksport rejimida rasmiylashtirish sanasidami yoki savdo uyi tomonidan realizatsiya qilingan sanadami (ya’ni savdo uyidan pul mablag’lari korxonaning O’zbekistondagi tranzit valyuta hisobraqamiga haqiqatda kelib tushgan sanadami)? Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling