Гурух талабаси Абдурасулова Дурдона


Download 17.14 Kb.
Sana09.09.2020
Hajmi17.14 Kb.
#128918
Bog'liq
62-19 гурух Абдурасулова Дурдона


62-19 гурух талабаси Абдурасулова Дурдона

1-топширик



Савол

1.Ишлаб чикариш менежменти нимани урганади?



2.Бошкарув муносабатларини сиз кандай тушунасиз?

1. Menejment — inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «boshqaruv» ma’nosini ifodalaydi. Asrimizning 60-yillarida menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritila boshlangan. AQSHda hozirgi zamon boshqaruvini asr boshida vujudga kelgan deb hisoblashadi va Teylor nomi bilan bog‘lashadi. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm» degan edi. 30-yillarda esa «inson omili», «odamlar o‘rtasidagi munosabatlar», «industrial sotsiologiya», «guruh bo‘lib masalani hal etish», «muvozanatni ta’minlab boshqarish», keyinchalik «inson munosabatlari doktrinasi» yuzaga keldi. Boshqaruv ilmining amerikalik namoyandalari hozirgi davrni «ilmiy menejment» davri deb ta’riflaydilar. Shunday qilib, menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. Barcha ijtimoiy muammolarni, iqtisodni rivojlantirish yo‘lidagi hamma qiyinchiliklarni agar ularga ishbilarmonlik ruhida yondashilsa, «yaratuvchilik menejmenti» orqali oson hal etish mumkin. Ilmiy atamashunoslikda menejment deganda shunday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon tushuniladiki, uning natijasida o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga firma resurslariga rahbarlik qilish orqali erishiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, «menejment» ma’nosi «boshqaruv» atamasiga qaraganda ancha tor. Masalan: mashina, dastgoh texnologik liniyalarini boshqarishi mumkin, bu esa muhandis va texnologlarning vazifasiga kiradi. Menejment esa ayni firmaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni anglatadi. Ilmiy fan sifatida menejment taxminan XIX asrning birinchi yarmida kapitalizm tug‘ilishi bilan paydo bo‘ldi. O‘sha vaqtda u oddiy bo‘lgan, ya’ni harbiy tavsifga ega edi. Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari mazkur qonunlarni o'rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon boiishini hisobga olgan holda iqtisodiyotni boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. Ishlab chiqarishda menejment masalasiga kelsak, bozor munosabatlariga o‘tilayotgani bois, menejmentni qo‘llash uchun zarur vaziyat, shart-sharoit yuzaga keldi. Endi menejment usullarini asta-sekin qo‘llay boshlab, keyinchalik ko‘lamini kengaytirish zarur. Buning uchun maxsus tayyorgarlik shart emas. Menejment usullarini qanchalik tez va erta qo‘llanilsa, uning samarasi shunchalik tez namoyon bo‘ladi. Menejment yordamida islohotni ham, asosiy ishlarni ham yuksak saviyada olib borib, salmoqli iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin. Har qanday ishlab chiqarish negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi. Boshqariladigan va boshqaruvchi tizimlar o‘rtasidagi aloqa odamlarning birbiri bilan o‘zaro munosabatlaridan tashkil topadi. Zamonaviy ishlab chiqarishda asosiy qurol texnika hisoblanadi. «Insonmashina» tizimida inson boshqaruv subyekti sifatida, mashina esa uning obyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda inson mashinaning ishlashi to‘g‘risida bevosita axborot oladi va zarur qarorlar qabul qilib, ularni amalga oshiradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish doirasida inson va texnika bir-biriga ta’sir etadigan ish joylari deb ataladigan maydon vujudga keladi.

2. Boshqaruv insonlar bilan birga paydo bo‘lgan. U mehnatning taqsimlanishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqa- rishdagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan biri rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularga bo‘ysunuvchilar, ya’ni boshqariladiganlardir. Boshqaruv muammosini hal qilishga birinchi bolib qadimgi misrliklar kirishganlar. Bundan 6 ming yil oldin ular kishilar faoliyatini maqsadga yo'naltirilgan holda tashkil etish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar hamda boshqaruvni markazlashtirmaslik haqidagi masalani qo‘yganlar. Boshqaruv yuqori saviyada olib boriladigan korxonalarda intizom, unumdorlik, daromad (foyda) yuqori va aksincha sarf-xarajat, kamchilik, nuqsonlar oz bo‘ladi. Boshqaruv avvalo bajariladigan ishlarning hajmi va turini aniqlash, xodimlar o‘rtasida taqsimlash, resurslarni yetkazib berish, hisob-kitob va moliyaviy natijalarni shakllantirish, ulardan foydalanishni kuzatib borish va nazorat qilish demakdir. Shuning uchun xorijda boshqaruvga jiddiy e’tibor beriladi. Shunday qilib, ishlab chiqarishni boshqarish ishchilarni boshqarishdan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Bu esa o‘z navbatida boshqarish subyektini ifodalaydi. Hozirgi davrda boshqarishning ilmiy asoslangan tamoyillari va qonuniyatlariga tayanmay xalq xo‘jaligi hamda korxonalarni samarali boshqarib bo‘lmaydi. Boshqarishni amalga oshirish ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini tobora to‘laroq bilib borishni va ilmiy asosda amaliyotda foydalanishni taqozo qiladi. Chunki «Inson-mashina» munosabatlarida fan-texnikaning ishlab chiqarish kuchlaridagi salmog‘i oshib boradi.
Download 17.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling