Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3.Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari 11.4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning togriligini tekshirish
- 11.7.Nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari 11.8.Moliyaviy qoyilmalar tavsifi, auditining xususiyati, maqsadi va vazifalari
- Moliyaviy qoyilmalarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari 11.1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va otkazish ketma-ketligi
AKTIVLAR AUDITI AKTIVLAR AUDITI AKTIVLAR AUDITI REJA: 11.1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va otkazish ketma-ketligi 11.2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan malumot manbalari 11.3.Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari 11.4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning togriligini tekshirish 11.5.Nomoddiy aktivlarning mohiyati, ahamiyati, oziga xos belgilari va auditining xususiyatlari 11.6. Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va otkazishning umumiy tartibi 11.7.Nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari 11.8.Moliyaviy qoyilmalar tavsifi, auditining xususiyati, maqsadi va vazifalari 11.9.Moliyaviy qoyilmalar (investitsiyalar)ni auditorlik tekshiruvidan otkazishda qollaniladigan malumot manbalari. 11.10. Moliyaviy qoyilmalarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari 11.1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va otkazish ketma-ketligi Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan otkazish mijoz-korxona faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti asosiy vositalar bolimining ishonchliligi togrisida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bogliq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning Ozbekiston Respublikasida amal qilayotgan meyoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obektlaridan biri bolib, undagi organiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin: asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat ornatishni taminlash (obektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning togriligi; asosiy vositalarning togri turkumlanishi; asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish; analitik va sintetik hisob hamda hisobot malumotlarining mosligi); asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish; asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning togriligi); amortizatsiya hisoblash usullarini qollashning qonuniyligi va togriligi; jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qollashning qonuniyligi; amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining togriligi; amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning togriligi); asosiy vositalarni tiklashni - tamirlash, zamonaviylash-tirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirish; tamirlash usullari; tamirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning togriligi; asosiy vosi-talarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muoma-lalarni hisobga olish; asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hisobining holatini baholash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning oziga qarashli (0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001-schyot) va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310-schyot) saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslar boyicha hisobga olishning tashkil etilishini baholash; korxonaning oziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan asosiy vositalar boyicha oylik eskirish hisob-lanishining togriligini tekshirish (0211-0299-schyotlar). Chunki, bu malumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bogliq bolib, oqibatda korxonaning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari)ga va byudjetga tolanadigan foyda (daromad) soligining miqdoriga tasir etadi; asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bogliq muomalalar boyicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish; asosiy vositalarni xojalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) tamirlash xarajatlarini hisobga olishning kor-xonada amal qilinayotgan tartibini, korxonada bir yilga qabul qilingan hisob yuritish siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish (asosiy vositalarni tamirlash uchun rezervga mablag ajratish mexanizmidan foydalanib yoki foydalanmasdan); agar auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bolsa, korxonada asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oraligi va quvvati boyicha korxonaning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tahlil qilish; asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling