Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari
Download 0,5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
11.3.Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari
Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan otkazishdan maqsad buxgalteriya hisoboti moddalarining haqqoniyligini taminlashdan iborat. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: qiymati korxonada belgilab qoyilgan chegaradan past bolgan obektlar yoki qiymatidan qatiy nazar xizmat muddati 12 oydan kam bolgan obektlar asosiy vositalar qatoriga otib qolmaganligi; korxonada asosiy vositalar inventar va xojalik ashyolari qatoriga va aksincha otkazilmaganligi; bunda shuni nazarda tutish zarurki, obekt qiymatining chegarasi obektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xojalik ashyolari qatoriga asossiz otkazish auditorlik tekshiruvi chogida aniqlanadigan xatolardan biridir. Kop hollarda bunday otkazishning sababi korxonaning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi chogida korxonaning asosiy vositalar obektlariga mulkiy huquqining talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur. Auditorga asosiy vositalar obektlarini yaratish, sotib olish, berish shartnomalari, zarur hollarda esa - qonunchilikka muvofiq oldi-sottini royxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi. Asosiy vositalarning togri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish chogidagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk soligi boyicha byudjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bogliq. Auditor tekshiruv otkazishda asosiy vositalarni hisobga qabul qilish uchun asos bolgan dastlabki hujjatlarni (AV-1, AV-6 va boshqa shakllar) jalb qiladi. Asosiy vositalarni baholashning togriligini tekshirish yoppasiga (obektlar soni unchalik katta bolmaganda) yoki tanlab otkaziladi. Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar obektlarini sotib olish usuliga bogliq. Auditor Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qoshishning qonuniyligini; tugallangan qurilish obektlari inventar qiymatining togri aniqlanganligi; qoshimcha qurilganidan va qoshimcha jihozlanganidan, qayta jihozlanganidan, zamonaviylashtirilganidan yoki qisman tugatilganidan so’ng ob’ekt qiymati to’g’ri aniqlanganligini tekshiradi. Bunda auditor №21 BHMS ga muvofiq kiritilgan o’zgartishlarga alohida e’tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan bog’liq, ammo belgilangan tartibga ko’ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shilmaydigan xarajatlar 01. 01. 2002 dan ob’ektlarning dastlabki qiymatiga qo’shilmasdan, 9439 schyot debetiga olib borilganligiga e’tibor berishi kerak. Auditor baholarni kelishish bayonnomasi va ta’sis hujjatlarida asosiy vositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy vositalar dastlabki qiymatiga qoshishning qonuniyligi; bozor baholarini qollashning ishonchliligini tekshiradi. Asosiy vositalar bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga oxshash mahsulotlar baholari togrisida tayyorlovchi - tashkilotlarning yozma ravishda bergan malumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda elon qilingan baholar togrisidagi malumotlardan; ayrim asosiy vositalar obektlarining qiymati togrisida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiy vositalarni tashib keltirish boyicha korxona tomonidan qilingan xarajatlar ham obekt qiymatiga qoshiladi. Chet el valyutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el valyutasini Ozbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan, asosiy vositalar obektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valyuta kursi boyicha somga hisoblab otkazish yoli bilan amalga oshiriladi. Auditor kontrakt shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining otish vaqti togri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bogliq bojxona tolovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga qoshilganligini tekshirishi lozim. Auditor asosiy vositalarni baholashning togriligini tekshirish chogida asosiy vositalar dastlabki qiymatining ozgarish hollari bolganligiga, qanday sabablar (qoshimcha qurish, qoshimcha jihozlash, qayta jihozlash, qisman tugatish) ozgarishga olib kelganligiga, kapital qoyilmalarga doir xarajatlar 0810, 0820, 0840, 0850, 0860 va 0890 schyotlarda aks ettirilganligiga etibor qaratishi lozim. Songi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 21-BHMSga muvofiq korxonalarda asosiy vositalar obektlarini qayta baholash summalari 8530«Mulklarni qayta baholash boyicha tuzatishlar» schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: barcha asosiy vositalar toligiga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi; asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan er uchastkalari va tabiiy foydalanish obektlari qayta baholanganligi; qayta baholash qanday usullar yordamida otkazilganligi (indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari boyicha togridan-togri hisoblab otkazilishi va h. k. ); bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; hisob-kitoblar togriligini tanlab tekshirish; qayta baholashdan song eskirganlik darajasi ozgarganligi, qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida togri aks ettirilganligi, qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shunga oxshashlar. Asosiy vositalar mavjudligini tekshirish uchun analitik hisobni tashkil etish organiladi. (bu haqda keyingi mavzuda batafsil malumot beriladi). Shuningdek, auditor asosiy vositalar qanday saqlanayotganligini va ularni inventarizatsiya qilish natijalarini ham tekshirishi lozim. Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlar - iventarizatsiya royxatlari (inv-1, inv-10, inv-18 shakllar), inventarizatsiya komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari boyicha korxona rahbariyatining qarorini organadi. Inventarizatsiya materiallarini tekshirish auditorga auditorlik risklari va auditorlik amallarini tuzatish uchun, ichki nazorat natijalariga qanchalik tayanish mumkinligiga ishonch hosil qilishi uchun zarur. Bunda u inventarizatsiya o’tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 24-29 bandlariga rioya qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga auditor inventarizatsiya natijasida oshiqcha va kam chiqqan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilishi va soliqqa tortilishining togriligini ham tekshiradi. Bunda auditor Ozbekiston Respublika Adliya Vazirligi tomonidan 23 iyun 2001 yilda 1054-raqam bilan royxatga olingan «Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish togrisidagi qaror»ga rioya qilinganini tekshiradi. Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi malumot manbalarining ozaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi: moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir korsatkichlari; moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar korsatkichlari; Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari korsatkichlari. Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari korsatkichlarini ozaro taqqoslash natijalari jadvalda korsatilgan shakl boyicha ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Download 0,5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling