Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Moliyaviy qoyilmalarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
11.10. Moliyaviy qoyilmalarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
Qimmatli qogozlar auditi qimmatli qogozlarga taaluqli buxgalterlik hisoboti malumotlarining xaqqoniyligini tekshirishdan boshlanadi. Bunday tekshiruv korxonaning naqd pullarini tekshirishdagi kabi inventarizatsiya (ashyoviy ro’yxat) o’tkazish yo’li amalga oshiriladi. (№19-BHMS 3. 30-3. 36 bandlari) Qimmatli qog’ozlarni inventarizatsiya (ashyoviy ro’yxat) qilish quyidagi vazifalarni hal etadi: ularning haqiqatdagi mavjudligini aniqlash; haqiqatda mavjud qoldiqlarini buxgalterlik hisobi malumotlari bilan taqqoslash orqali ularning saqlanishi ustidan nazorat ornatish; qimmatli qogozlardan olinadigan daromadlarning toliqligi va oz vaqtidaligini tekshirish; ularning saqlanishi uchun zarur shartsharoitlar yaratilganligini tekshirish (korxonada saqlanganida); qimmatli qogozlar bilan bogliq daromadlar va yoqotishlarni hisobda aks ettirishning haqqoniyligini aniqlash. Auditor inventarizatsiyani boshlashdan oldin qimmatli qogoz-lar boyicha ichki auditning ahvoli bilan tanishishi zarur. Chunonchi, korxonaning pul mablaglari boyicha maxsus komissiyasi har oyda kamida bir marta pul mablaglari kabi qimmatli qogozlarni ham inventarizatsiya (ashyoviy royxat)dan otkazishi lozim. Bundan tashqari, yillik buxgalterlik hisobotini tuzishdan oldin, moddiy javobgar shaxslar almashish hollarida, ogrilik, umarib ketish, ozlashtirish yoki suyistemol qilish hollarida, yongin yoki tabiiy ofatdan song inventarizatsiya (ashyoviy royxat) otkazilishi shart. (№19-BHMS 1. 5 bandi) Agar qimmatli qog’ozlar korxonaning o’zida saqlansa, ularni inventarizatsiyadan o’tkazish pul mablag’larini inventarizatsiyadan o’tkazish bilan bir paytda amalga oshiriladi. Korxona kassasida saqlanayotgan qimmatli qog’ozlarni inventarizatsiya (ashyoviy royxat) qilish ularni varaqma-varaq sanash yoli bilan amalga oshiriladi. Bunda har bir qimmatli qogozlarning nominal qiymati, haqiqiyligi va togri rasmiylashtirilganligi aniqlanadi. Tekshiruv alohida har bir emitent boyicha dalolatnomada seriyasi, raqami va umumiy summasi korsatilgan holda otkaziladi. Har bir qimmatli qogozning rekvizitlari buxgalteriyada yuritiladigan royxatlar, reestrlar yoki daftarlarning malumotlari bilan solishtiriladi. Qimmatli qogozlar maxsus tashkilotlarda saqlanganida (banklarda, depozitariyalarda, maxsus joylarda) inventarizatsiya korxonaning tegishli buxgalteriya hisobi schyotlaridagi qoldiqlar kochirmasi malumotlari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Masalan, depozitariyda saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogozlar inventarizatsiyasi 0610-«Qimmatli qogozlar» va 5810- «Qimmatli qogozlar» schyotlaridagi qoldiq summalari depozitariylar malumotlari bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Depozitariylar malumotlari inventarizatsiya o’tkazilayotgan paytda depozitariyga yuborilgan so’rov natijasida olinishi mumkin. (№19-BHMS 3. 35 band) Korxonaga tegishli qimmatli qog’ozlarni inventarizatsiya qilishda ular sotib olish qiymatining xaqqoniyligini baholashga maxsus e’tibor berilishi lozim. Buning uchun aktsiyadorlik jamiyatlarining chop etiladigan buxgalterlik hisobotlarini olish, shuningdek, boshqa qiziqtirgan hisob va hisobot malumotlari bilan tanishish huquqiga ega ekanligiga etibor berish zarur. Inventarizatsiya royxatida qimmatli qogoz emitenti, nomi, seriyasi, nomeri, nominal va haqiqiy qiymati, qaytarish muddatlari va umumiy summasi korsatiladi. Qimmatli qogozlar auditining keyingi bosqichida haqiqatda mavjud qimmatli qogozlar buxgalterlik hisobi malumotlari bilan solishtiriladi. Bunda auditor qimmatli qogozlarning oshiq chiqqanlarini ham, kam chiqqanlarini ham ozining ishchi hujjatlarida aks ettirishi va bular haqida korxona rahbariyatiga bildirishi lozim. Oz navbatida korxona rahbariyati bunday kamomadlarning vujudga kelish sabablari va bunga javobgar shaxslarni aniqlash, hamda kamomadlarni bartaraf etish choralarini korishi lozim; oshiqcha chiqqan qimmatli qogozlarni kirim qilish, etishmagan qimmatli qogozlar qiymati aybdor shaxslar tomonidan qoplanishi yoki korxonaning moliyaviy natijalariga olib borilishi mumkin. Moliyaviy qoyilmalarni inventarizatsiyadan otkazishning xususiyati nafaqat qimmatli qogozlarning haqiqatda mavjudligi, balki qimmatli qogozlarni baholash yani ularning qiymatini shakllantiruvchi haqiqiy xarajatlar togriligini aniqlashdan ham iboratdir. Auditor qimmatli qogozlar boyicha olingan daromadlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning oz vaqtidaligi va toliqligini tekshirishda inventarizatsiya malumotlaridan ham foydalanadi. 1 P. Leung, P.Coram, B.J. Cooper, and P Richardson (2011), Modern Auditing and Assurance Services, Wiley, 5th Edition p 136 2Karla M. Johnstone, Audrey A. Gramling, Larry E. Rittenberg. Auditing: A Risk Based-Approach to Conducting a Quality Audit (with ACL CD) 10th Edition 3 P. Leung, P.Coram, B.J. Cooper, and P Richardson (2011), Modern Auditing and Assurance Services, Wiley, 5th Edition p 156 4Karla M. Johnstone, Audrey A. Gramling, Larry E. Rittenberg. Auditing: A Risk Based-Approach to Conducting a Quality Audit (with ACL CD) 10th Edition p 258 Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling