Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va otkazishning umumiy tartibi
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- B. Mohiyati boyicha tekshirish muolajalar.
11.6. Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va otkazishning umumiy tartibi
Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi buxgalteriya hisoboti «nomoddiy aktivlar» moddasining ishonchlilik darajasi togrisida fikr shakllantirish va korxonada qollanilayotgan nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubi hamda soliqqa tortish bilan bogliq muomalalarning Ozbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat. Nomoddiy aktivlar auditining ketma ketligi3: A. Umumiy muolajalar. Testlar nazorat quroli. Ichki nazorat tizimi boyicha test otkazish (INT); Buxgalteriya hisobi tizimi boyicha test otkazish (BHT); Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish; Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi korsatkichlarni bir xilligini tekshirish; Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash. B. Mohiyati boyicha tekshirish muolajalar. Inventarizatsiya; Shartnomalarni korib chiqish (tekshirish); Nomoddiy aktivlarni kirimi va chiqimi hisobini hujjatlashtirilishini togri rasmiylashtirilganligini tekshirish; NMA kiritilish kriteriyasiga mosligini tekshirish; NMA baholash va kirimini hisobda qayd etilishini qonunchilikka va hisob siyosatiga mosligini tekshirish; NMA hisobi va amortizatsiya hisoblashning togriligini va hisob siyosatiga mosligini tekshirish; Tekshirilayotgan davr muomilalarining togriligini tekshirish; Sotib olingan va chiqib ketgan NMA bahosini hisob malumotlari bilan solishtirib tekshirish; Hisobotlardagi muhim axborotlarning oshkor qilinishini tekshirish; Xato va kamchiliklarni taxminiy royxati; Tizimli (sistemali) kamchiliklar togrisida malumot; Tanlab tekshirish natijalarini tahlili; Meyoriy hujjatlar boyicha aniqlangan kamchiliklar royxati; Nomoddiy aktivlarni auditi boyicha xulosa. Nomoddiy aktivlar auditi jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Nomoddiy aktivlar mavjudligi ustidan nazorat ornatilishini aniqlash (mulkiy obektlarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning togriligi; mavjudligini va muomalalarni hujjatlashtirishning togriligini tekshirish; nomoddiy aktivlarni baholashning togriligini tekshirish; inventarizatsiya qilish; hisobot korsatkichlarining sintetik va analitik hisob malumotlariga mosligini aniqlash); 2. Sintetik hisobni yuritish, nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortishning togriligini tekshirish (nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi; nomoddiy aktivlar kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomalalarni soliqqa tortish masalalari); 3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (foydali xizmat muddatini belgilashning asoslanganligi; amortizatsiya hisoblashda qollanilgan usullarning qonuniyligi va asoslanganligi; amortizatsiya ajratmalarining hisobda aks ettirilishi). Yuqorida keltirilgan masalalar boyicha etarli malumotlarga ega bolish auditorga nomoddiy aktivlar hisobining holatini mustaqil baholash va qoidabuzarliklar hamda amaldagi qonunchilik va belgilangan qoidalardan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi. Auditor nomoddiy aktivlarni tekshirish chogida quyidagi malumot manbalaridan foydalanadi: nomoddiy aktivlarni hisobga olishni va ular bilan bogliq muomalalarni soliqqa tortishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi asosiy meyoriy hujjatlar; korxonaning hisob siyosati togrisidagi buyrugi (farmoyishi) (nomoddiy aktivlar hisobiga taalluqli qismi); nomoddiy aktivlar sintetik va analitik hisobi boyicha korxonada qollaniladigan hisob registrlari; nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga oladigan dastlabki hujjatlar; buxgalteriya hisobotlari. Dastavval, auditor korxona hisob siyosatining nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubiyoti bayon qilingan asosiy qoidalari bilan tanishib chiqadi. Bular xususan quyidagilardan iborat: Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling