Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mualliflik huquqlari
Franshizalar odatda hukumat organlari tomonidan davlat mol-mulkidan (masalan, kabel televideniesi kompaniyasi) foydalanish huquqiga egalik qilish uchun yoki kommunal xizmatlar korsatish (elektr energiyasi), shuningdek xojalik yurituvchi subektlar tomonidan aniq maqsadlar va aniq xizmatlardan foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi.
Franshiza togrisidagi har bir shartnoma franshiza haqiqiy bolib hisoblanadigan davrni, shuningdek franchayzor (foydalanishga oid huquq imtiyozini beruvchi subekt)ning va franchayzi (ushbu imtiyozni oluvchi subekt)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi. Kopincha franshizani olish qiymati yuqori boladi va odatda franchayzi franchayzorga uning boshlangich qiymati kapitallashtirilishi va undan keyingina xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi lozim. Agar u malum bir muddat asosida cheklab qoyilgan bolsa, uning qiymati oqilona va muntazam tarzda mazkur davr uchun amortizatsiya qilinishi lozim. Agar malum aniq bir muddat belgilanmagan bolsa, amortizatsiya qilish uning oldingi davriy baholari bilan birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga asoslanishi lozim. Mazkur baholashlar oldingi baholashlarning qayta korib chiqilishi zaruratini aniqlash maqsadida otkaziladi. Biroq toliq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi mumkin emas. Imtiyozdan foydalanuvchi subekt tomonidan uni beruvchi subektga xizmatlarga oid yillik va joriy tolovlarni (masalan, ragbatlantirish tadbirlarida, tashkiliy masalalarni hal qilish borasida yordam korsatganlik uchun) ularni kelgusida olchanadigan foyda keltirmasligi sababli, ilgari bolgan xarajatlar boyicha hisobdan chiqarilishi lozim. Agar franshiza oz qiymatini yoqotsa yoki qonun tomonidan bekor qilinadigan bolsa, amortizatsiya qilinmagan summa zudlik bilan zarar sifatida hisobdan chiqariladi. Mualliflik huquqlari bu fan, adabiyot yoki sanat asarlarini nashr qilish, ommaviy ijro etish yoki boshqacha tarzda foydalanish uchun maxsus beriladigan huquqdir. Muallifga shaxsan mulkiy va mulkiy bolmagan huquqlar biriktiriladi. Muallifning hayotligida yoki olimidan song begona qilinmaydigan yoki boshqa birovga otkazilmaydigan mualliflik huquqi muhim nomulkiy huquq hisoblanadi. Mualliflik mulkiy huquqi asarlardan foydalanish va boshqa shaxslarga otkazish, shuningdek, avloddan-avlodga otkazishda unga tegishli maxsus huquqqa asoslanadi. Mualliflik huquqi fan, adabiyot yoki sanat asarlarining yaratilishi bilan vujudga keladi va uni himoyalash sud orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, sanoat, intellektual mulklar auditining boshqa aktivlar auditidan farq qiluvchi tavsiflovchi xususiyatlari obektlarni ekspertiza qilish va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni tahlil qilishdan iboratdir. Shuning uchun ushbu obektlar auditida bu obektlarga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni texnik tahlil qilish zarur. Buning uchun sanoat va intellektual mulk obektlaridan foydalanishni yuridik rasmiylashtirish va huquqiy muhofaza qilish sohasida ishlaydigan, patent bilan ishonch bildirilgan mutaxassislarni konsultant sifatida jalb etish kerak. Avval aytib otilganidek, bulardan tashqari, nomoddiy aktivlarga er uchastkalari va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlari uchun qilingan uzoq muddatli xarajatlar va firmaning amaliy shuhrati (mavqeyi) kiradi. Er uchastkalari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari ular egalarining tegishli ravishda xojalik faoliyati uchun yoki boshqa maqsadda foydalanishga alohida huquqqa egaligini nazarda tutadi. Shuni nazarda tutish kerakki, erdan foydalanish huquqiga egalik mazkur er uchastkasining mulk qilib olinishini bildirmaydi. Korxona ushbu erdan sotish huquqiga ega bolmasdan foydalanishi mumkin. Ilmiy tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlanmalari u yoki bu muayyan amaliy maqsad yoki qollash sohasiga tegishli bolmasdan butkul bilimlarni oshirishga komaklashadigan, asosan ilmiy - tadqiqotlar natijasida olingan bilimlardan foydalanish uchun yonaltirilgan amaliy tadqiqotlar: muayyan buyumlar yoki jarayonlar sifatini yaxshilash, joriy qilish uchun otkaziladigan tajriba - konstruktorlik ishlari. Nomoddiy aktivlar haqidagi malumotlarni balansda aks ettirish borasida har xil mamlakatlarda turlicha yondoshuvlar mavjud, shuningdek bir xil iqtisodchilarning ozlarida bu mablaglarga nisbatan qarama-qarshi tushunchalar uchraydi. Milliy va xalqaro standartlarda korsatilishicha, u yoki bu birliklarni balans aktiviga qoshish shunday hollarda bolish mumkinki, agar u togrisidagi malumotlar ishonchli va uning pulda baholanishi asoslangan bolsa, agar shu birlikdan iqtisodiy resurslar yoki iqtisodiy foyda olish ehtimoli mavjud bolsa. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling