Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish.
11.7.Nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bogliq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir meyoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi. Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bogliq. Agar nomoddiy aktivlar pul otkazish yoli bilan sotib olinsa yoki korxonaning ozida yaratilsa, «Xojalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qoshiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur obektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi. Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirishning meyoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshiradigan jadval-test quyidagi jadval korinishida bolishi mumkin. Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bogliq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. №21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar korilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish boyicha schyotlar boglanishining togriligi quyidagi korinishdagi jadval - test yordamida tekshiriladi. Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo’shimcha qiymat solig’i (QQS)dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e’tibor berishi zarur. № 21 BHMS ga muvofiq nomoddiy aktivlar oldindan pul otkazish yoli bilan sotib olinganida QQS 4410-«Soliqlar va yigimlar boyicha bonak tolovlar» schyotida aks ettiriladi (hisob-kitob hujjatlarida alohida ajratib korsatilganida). Sotib olingan nomoddiy aktivlar boyicha QQS summasi quyidagi hollarda byudjetga otkaziladi. sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol etkazib beruvchilarga tolanganida; nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida; nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida. Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib korsatilgan bolmasa, u holda hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib korsatilmaydi. Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymatiga 0410-0490 schyotlar kredit va 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi. Hisoblangan eskirish summasiga esa 0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» schyotiga otkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi, foyda byudjet bilan hisob-kitoblar korsatkichlari, shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari mulklarini baholashning asoslanganligi kop jihatdan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va baholanishi, ular eskirishlari togrisidagi malumotlarning haqqoniyligiga bogliq. Shunga kora, nomoddiy aktivlarni hisobda royxatga olishning texnik jihatlarini tekshirish juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar oz nomiga kora moddiy negizga ega bolmaganliklari uchun korxonada u yoki bu obektning haqiqiy kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalterlik nazoratini tashkil etish muammosi tez-tez vujudga keladi. Buxgalterlik hisobining umumiy printsiplariga kora har qanday nomoddiy aktiv kirimi tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Bunday dastlabki hujjatlashtirish ozining mazmuni va tavsifiga kora, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-1) kabi hujjatlarga oxshash bolishi lozim. Hujjatlarda obektlarning batafsil xususiyatlari, dastlabki qiymati, foydalanishga topshirilgan vaqti, eskirish normasi va xarajatga olib borish kodi, nomoddiy aktiv foydalanadigan bolinma va boshqa malumotlar korsatilishi lozim. Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda dastlabki hujjatlar bilan birga ularni indentifikatsiyalovchi (aynan oxshatuvchi) hujjatlar ham bolishi zarur. Bunday hujjatlarga nomoddiy aktivlarning ozlarini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi hujjatlar, shuningdek, korxonaning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalterlik hisobda aks ettiriladigan nomoddiy aktivlarning istalgan obekti obektiv shaklda mavjud bolishi lozim. Sanoat namunalari va kashfiyot huquqlarini sotib olish patentlar, guvohnomalar bilan tasdiqlanadi. Korxona tomonidan har qanday mualliflik huquqlarini sotib olish faqat ushbu mualliflik huquqlarini sotuvchilar jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilib, yuridik jihatdan kuchga kirgan tolaqonli shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin. Korxona «nouxou» sotib olishni rasmiylashtirishi uchun uning ogzaki (matnli) yoki tasviriy tavsifiga ega bolishi lozim. Korxona raqobat sharoitida sanoat va intellektual mulklarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni korishi lozim. Bu nomoddiy aktivlar obektlarning har biri uchun konkret xodimlarni javobgarlikka tortish va korilgan zararni toliq qoplash uchun imkon yaratadi. Korxonalar nomoddiy aktivlarni har xil yollar bilan sotib oladilar va shunga kora ularning kirimi ham hisobda turlicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlar korxona ustav kapitaliga ishtirokchilarining hissasi sifatida qoshilishi mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor bahosiga yaqinlashgan va korxona aktsiyadorlar kengashi (boshqaruvi) va aktsiyadorlar tomonidan belgilangan shartnoma bahosida kirimga olinadi. «Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida Nizom»ga muvofiq texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlarini otkazish bilan bogliq mahsulotlar sifatini yaxshilash, xom ashyo va materialllarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari 9420-«Mamuriy xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Agar korxona qandaydir ishlab chiqarish va intellektual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaratsa, ushbu «Nizom» dan kelib chiqqan holda, ularni mulk sifatida hisobga olib bolmaydi, chunki ularni yaratish bilan bogliq xarajatlar kapitallashmaydi. Ushbu savol masalasida turli mamlakatlarda qarama - qarshi fikrlar mavjud. Masalan, ayrim mamlakatlarda nomoddiy aktivlar mablag sifatida inobatga olinmaydi, ularni darhol ishlab chiqarish sarflari yoki foyda hisobiga hisobdan chiqarish kozda tutilgan. Ammo, bunday yondoshuvga qarama-qarshi gumon patentlar olish va kashfiyotlar, tovar markalari, savdo belgilari, «Nou-xou» ishlanmalari va dastur taminotlarini yaratish bilan bogliq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) kabi aktivlarni darhol hisobdan ochirish, davr oraligida oladigan daromadlarni buzib korsatishga olib keladi va korxonalar tomonidan ushbu faoliyat sohasiga mablaglar sarflashni toxtatib turadigan omil bolib hisoblanishidan iborat. Agar nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bogliq xarajatlarni darhol hisobdan ochirish fikriga qoshiladigan bolsak, unda bizning korxonalarimizda bunday xarajatlarga eng oz miqdorda mablag ajratilib, respublikamiz xududida ishlab chiqarish va intellektual mulkni (korxonaning oz ishlab chiqarishini) umuman pasayishiga olib keladi, korxonalar esa ozlarining mulkiy huquqlari (nomoddiy aktivlari)ni yaratmasdan, xorijdan sotib olishga xarajat qiladilar. Nomoddiy aktivlar boyicha amortizatsiya hisoblash va amortizatsiya ajratmalarining mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga togri olib borilishini tekshirish chogida auditor nomoddiy aktivlarning ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilayotganligi va daromad keltirayotganligi togrisida isbotga ega bolishi lozim. Nomoddiy aktivlar boyicha amortizatsiya ajratmalari baholash miqdori bolib, taxmin qilinayotgan foydali xizmat qilish davriga asoslanib hisob-kitob qilinadi. Shuning uchun auditor ornatilgan foydali xizmat qilish muddatlari va amortizatsiya ajratmalari normalarining mosligini №7 BHMS 46 bandiga muvofiq tekshirib ko’rishi lozim. Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun №1 - NMA shakldagi kartochka va nomoddiy aktivlar ob’ektlarini hisobga qabul qilishda asos bo’lgan dastlabki hujjatlardan foydalaniladi. №7 BHMS 39 bandiga muvofiq nomoddiy aktivning amortizatsiya qilinadigan qiymati muntazam asosda taqsimlab borilishi uchun amortizatsiya muddatlari quyidagicha belgilangan: nomoddiy aktiv ob’ektining foydali xizmat ko’rsatish muddati davomida (lekin bu muddat xojalik yurituvchi subektning faoliyat qilish muddatidan oshmasligi lozim); foydali xizmat korsatish muddatlarini aniqlash imkoni bolmagan nomoddiy aktivlar boyicha 5 yil hisobida (lekin bu muddat xojalik yurituvchi subektning faoliyat korsatish muddatidan oshmasligi lozim). Amortizatsiya hisoblanadigan nomoddiy aktivlar boyicha auditor quyidagilarni tekshiradi: qollanilayotgan amortizatsiya hisoblash usullari korxona hisob siyosatiga mos kelishi; tanlangan amortizatsiya hisoblash usuli nomoddiy aktivlar ob’ektlari qiymatini qolgan foydali xizmat qilish muddati davomida ishlab chiqarish sarflarini hisobga oladigan schyotlarga to’g’ri o’tkazilishini. №7 BHMS 42 bandiga muvofiq nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning uch usuli kozda tutilgan. Ular: togri chiziqli (yoki bir tekis); kamayib boruvchi qoldiq; ishlab chiqarish birliklari summasi boyicha amortizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarining mohiyati, korxona moliyaviy holatiga tasirini bilish va shu asosda malakali auditorlik xulosasi shakllantirish maqsadga muvofiq. Togri chiziqli usulning mohiyati muayyan nomoddiy aktivning jami foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish summalari bir meyorda hisoblab yozib borilishidan iborat. Kamayib boruvchi qoldiq usulidan foydalanish chogida muntazam hisoblab boriladigan amortizatsiya summalari foydali xizmat qilish davri davomida kamaytirib boriladi. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli) ga muvofiq amortizatsiya hajmi nomoddiy aktivdan necha marotaba foydalanilishi yoki nechta mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganligiga bevosita bogliqdir. Amaliyotda amortizatsiya hisoblashning togri chiziqli usulidan foydalanish afzalroq. Qolgan usullardan muayyan holatlarda foydalanilishi maqsadga muvofiqdir. Auditor hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining schyotlarda togri aks ettirilganligini ham aniqlashi lozim. Bunda №21 BHMS ga muvofiq quyidagi test-jadvaldan foydalanish mumkin: Auditor amortizatsiya ajratmalarining har oyda hisoblanayotganligini ham tekshirishi lozim. Chunki amaliyotda nomoddiy aktivlarga har chorakda bir marta amortizatsiya hisoblash hollari uchraydi. Shuningdek, korxona zarar korgan davrlarda ham amortizatsiya hisoblanganligini tekshirish zarur. Qoidaga kora korxona faoliyatining hisobot davridagi natijalari qanday bolishidan qatiy nazar (foyda oladimi yoki zarar koradimi) nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashi shart. Nomoddiy aktivlar boyicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni tekshirish chogida: nomoddiy aktivlar obektlarining ortacha qiymati va ortacha amortizatsiya normasidan foydalangan holda hisoblash yoli bilan amortizatsiya ajratmalari summalarini prognozlash; bir necha hisobot davrlaridagi hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalarini taqqoslash va aniqlangan farqlarni nomoddiy aktivlar obektlarining mavjudligi hamda ular kirimi va chiqimining tasirini inobatga olgan holda tahlil qilish kabi analitik amallardan ham foydalanish mumkin. Amortizatsiya ajratmalarini batafsil tekshirish chogida auditor amortizatsiya ajratmalari hisoblash usullaridagi ozgarishlarning korxona hisob siyosatida aks ettirilganligini aniqlashi lozim. Chunki bunday ozgarishlar bir qancha davrlar oraligidagi malumotlarning taqqoslanuvchanligiga sezilarli darajada tasir korsatadi. Bunda joriy sharoitga yangi baho berish kerak. Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatlari ozgargan hollarda o’zgarish sabablari o’rganilib, ularning №1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» va №7 - «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMS talablariga muvofiqligi o’rganiladi. Nomoddiy aktivlardan qancha muddatda foydalanish va ularga eskirish hisoblash zarurati haqidagi masalaga kopchilik davlatlarning ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshishi bu sohadagi mavjud xalqaro standartlarga muvofiq keladi. Chunki, hisobning xalqaro standartalari komiteti yoxud ishbilarmonlik aloqalari qiymati kapitallashtirishni, yoxud birdaniga korxonaning xususiy kapitali hisobiga hisobdan chiqarishga ruxsat beradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling