Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Asosiy vositalar auditining ketma ketligi
Download 0.5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- B. Mohiyati boyicha tekshirish muolajalar.
Asosiy vositalar auditining ketma ketligi1:
A. Umumiy muolajalar. Testlar - nazorat quroli. Ichki nazorat tizimi boyicha test otkazish (INT); Buxgalteriya hisobi tizimi boyicha test otkazish (BHT); Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish; Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi korsatkichlarning bir xilligini tekshirish; Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash; B. Mohiyati boyicha tekshirish muolajalar. Inventarizatsiya; Shartnomalarni korib chiqish (tekshirish); AV kirimi, chiqimi va hisobini hujjatlashtirilishini togri rasmiylashtirilganligini tekshirish; AV aktivlarga kiritilish mezoniga mosligini tekshirish; AV baholash va kirimini hisobda qayd etilishini qonunchiliqga va hisob siyosatiga mosligini teqshirish; AV hisobi va amortizatsiya hisoblashni togriligini va uni hisob siyosatiga mosligini teqshirish; AV tamirlash xarajatlarini rasmiylashtirish va hisobini togriligini tekshirish; Asosiy vositalarni qayta baholash va natijalarni hisobda aks ettirilishi; Tekshirilayotgan davr muomalalarini togriligining tekshirish; Sotib olingan va chiqib ketgan AV bahosini hisob malumotlari bilan solishtirib tekshirish; Hisobotlardagi muhim axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish; Xato va kamchiliklarning taxminiy royxati; Tizimli (sistemali) kamchiliklar togrisida malumot; Tanlab tekshirish natijalarining tahlili; Meyoriy hujjatlar boyicha aniqlangan kamchiliklar royxati; Asosiy vositalar auditi boyicha xulosa. Auditor ushbu asosiy masalalarni organib, ularga auditorlik hisobotining tahliliy qismida baho berishi va yol qoyilgan xatolar hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish boyicha takliflar berishi lozim. Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xojalikka kelishi bilan birinchi navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur: korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish boyicha tekshirilayotgan hisobot davridagi hisob yuritish siyosati, uning otgan hisobot davridagiga nisbatan ozgarishi bilan tanishish; asosiy vositalarning songgi invetarizatsiya(ashyoviy royxat)dan otkazilishi va uning natijalarini aniqlash; asosiy vositalarni songgi qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor Ozbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Davlat mulk qomitasining tegishli meyoriy hujjatlariga muvofiq korxona balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati boyicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim. korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish boyicha doimiy komissiya tashkil etilishi: asosii vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruk (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shuningdek, ular bilan shaxsan tola moddiy javobgarlik togrisida shartnomalar tuzilganligini aniqlash; tadbirkor sifatida royxatga olingan va royxatga olinmagan yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi boyicha tuzilgan shartnomalarni organish:; buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi inventar kartochkalar) va kompyuterda yoki qolda baja-riladigan variantdagi aniq inventar royxati (AV-9 shakl) yuritilishiga ishonch hosil qilish lozim; ishdan boshab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida malumotlar (buyruqlar, xodimlar royxati)ni organish ; asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi meyoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona buxgalteriyasi qay darajada taminlanganligini aniqlash. Shu tarzda olingan malumotlar auditorga mazkur korxonada asosiy vositalar hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bolish imkonini va tekshiruvda maxsus etibor berish lozim bolgan masalalarni aniqlashga yordam beradi. Auditor asosiy vositalar hisobiga doir muomalalarni tek-shirishni boshlashidan oldin ichki nazoratning ahvolini test usulida aniqlashi maqsadga muvofiqdir. Bu nafaqat ichki nazorat tizimining ishonchliligini baholash, balki auditorlik tekshiruvi otkazish dasturiga tuzatish kiritishga ham imkon yaratadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling