Aktivlar auditi aktivlar auditi reja
Asosiy vositalar hisobini tekshirish boyicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi
Download 0,5 Mb.
|
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja
Asosiy vositalar hisobini tekshirish boyicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi
Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv o’tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventari-zatsiya otkazilmagan, hisob siyosatida ayrim obektlarni inven-tarizatsiya qilish tartibi va muddatlari belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chogida asosiy vositalar obektlarini tanlab inven-tarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bolinmalarida asosiy vositalar hisobiga doir muomalalar ustidan ichki nazoratning yaxshi yolga qoyilmaganligi oqibatida sezilarli xatolarga yol qoyish xavfi katta. Bosh daftarda aks ettirilgan 0110-0199, 0211-0299, 0310, 0710, 0720, 0810, 0820, 0840, 0850, 0860, 0890, 0920, 4810, 4820, 4830, 6910, 6920, 7910 sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ra-vishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya balansi malumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular barcha pozitsiyalar boyicha: oy boshiga qoldiq, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiq-lar bir-biriga togri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va korxonaga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qoyilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari boyicha majburiyatlarni inventa-rizatsiya qilish tavsiya etiladi. Songra korxonaning asosiy vosita-larni hisobga olish boyicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda asosan quyidagilarga etibor berish lozim: korxonada asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qollash qabul qilinganligi; korxonada asosiy vositalarni tamirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartibi qabul qilinganligi, asosiy vo-sitalarni tamirlash uchun rezervga mablag ajratish mexanizmidan foydalanib, yani tamirlash fondi (8910-schyot boyicha «Tamirlash fondi» subschyotini qollash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik. Korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosati auditor xulosasida aks ettirilishi lozim. Download 0,5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling