Budjet ssudasi va uning hisobini hususiyatlari


Download 75.71 Kb.
bet1/9
Sana03.12.2023
Hajmi75.71 Kb.
#1797216
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Budjet ssudalari va budjetlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan hisoblashishlar hisobi
Reja:



  1. Budjet ssudasi va uning hisobini hususiyatlari. 

  2. Budjet ssudasini xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish. 

  3. Budjetlararo munosabatlar va ular hisobini maqsadi hamda vazifalari. 

  4. Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish

  5. Budjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobini yuritishda xorij tajribasi.



Budjet ssudasi va uning hisobini hususiyatlari.

Budjet ssudasi - yuqori budjetdan quyi budjetga yoxud respublika budjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘dir.


Yuqori budjetdan quyi budjetga budjet ssudalarini berish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001 yil 28 iyundagi 58-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini so‘ndirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (2001 yil 19 iyulda 1052-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Budjet ssudalari daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan vaqtinchalik kassa uzilishlarni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga berilishi mumkin. Budjet ssudalari Respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlardan budjet ssudalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlar tarkibiga kiradigan shaharlar va tumanlarning budjetlariga berilishi mumkin (chizma).
chizma. Budjet ssudalarini berish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini so‘ndirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq budjet ssudalari quyidagi maqsadlar uchun beriladi:


1. Daromadlar tushumi bilan xarajatlarni amalga oshirilishi orasidagi rejalashtirilgan vaqtinchalik kassa uzilishini qoplashga;
2. Daromadlar tushumi bilan xarajatlarni amalga oshirilishi orasidagi haqiqiy vaqtinchalik kassa uzilishini qoplashga;
3. Budjetlarning rejalashtirilgan xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish (mablag‘ bilan ta’minlash) sxemalarini amalga oshirilishi uchun.
A) Daromadlar tushumi bilan xarajatlarni amalga oshirilishi orasidagi rejalashtirilgan vaqtinchalik kassa uzilishini qoplashga - 9 kalendar oyigacha;
B) Daromadlar tushumi bilan xarajatlarni amalga oshirilishi orasidagi haqiqiy vaqtinchalik kassa uzilishini qoplashga - 3 kalendar oyigacha;
V) Budjetlarning rejalashtirilgan xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish (mablag‘ bilan ta’minlash) sxemalari amalga oshirilishi uchun - 1 kalendar oyigacha
Quyi moliya organlari tomonidan ssudaga extiyoj bo‘lganda belgilangan tartibda yuqori moliya organiga yozma so‘rovnoma taqdim etiladi (chizma)

Download 75.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling