Аудиторское заключение
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
- Talab qilinadi
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? Masala. Ishlab chiqarish korxonasini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish vaqtida quyidagilar aniqlandi: Korxona xodimlariga meditsina xizmati ko’rsatish uchun pul to’langan: Debet 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti - 3000000 Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti- 3000000 Korxona xodimlari farzandlarining dam olishlari uchun lagerga putyovka olingan: Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti - 1500000 Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti- 1500000 Oborot mablag’larini to’ldirish uchun olingan qisqa muddatli kredit foizi to’langan: Debet 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” schyoti - 74000 Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti - 74000 8- mart «Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan sovg’a olingan: Debet 9420 “Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schyoti - 270000 Kredit 5010 “Kassa” schyoti - 270000 Talab qilinadi: Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? Xarajatlarni hisobga olishdagi xatoliklarni aniqlang. Masala. 10 fevralda savdo tashkiloti bosh kassasi inventarizatsiya qilindi. Bosh kassir auditorlar komissiyasiga naqd 125000 so’m borligini e’lon qildi. Kassa hisoboti ma’lumoti bo’yicha shu kun boshiga naqd pul qoldig’i 25600 so’m bo’lgan. 10 fevral kuni №151 kassa kirim orderi bo’yicha 1-kassaga 30000 so’m pul tushgan va shu summa kirim qilingan. Shuningdek 2-kassaga tushgan 27000 so’m № 152 kassa kirim orderi bo’yicha kirim qilingan. 10 fevraldagi №137 kassa chiqim orderi bo’yicha bankka 44800 so’m topshirilgan. Bosh kassir quyidagi shaxslarga maoshgacha pul berganligini tushuntirish xatida ko’rsatib o’tgan: Sotuvchi S.G.Hamidovaga 55000 so’m. Ishchi A.SH.Axmedovaga 40000 so’m. Kassir L.A. Abdullaeva 35000 so’m Kassir fikri bo’yicha bu summalar ish haqi beriladigan kun yuqoridagi shaxslardan ushlab qolinadi. Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 3. Inventarizatsiya bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshiring. Xolatga baho bering. Masala. Bank tomonidan korxona kassasiga naqd pul qoldig’i me’yori 20000 so’m qilib belgilangan. Tekshirilayotgan davr mobaynida 5010-«Kassa» schyoti bo’yicha registrda hamda kassa hisobotida naqd pul qoldig’i ko’rsatilgan. 1-fevralda 35000 so’m; 18-fevralda 760000 so’m; 1-martda 220000 so’m; 1-aprelda 286500 so’m; 15-aprelda 148700 so’m; 2-mayda 137000 so’m; 15-mayda 128000 so’m; 5- iyunda 472700 so’m; 1-iyulda 127000 so’m; 10-iyulda 168000 so’m; 1-avgustda 113000 so’m; 10-sentyabrda 157000 so’m; 10-Oktyabrda 158000 so’m; 12-dekabrda 158000 so’m. Savdo korxonalari uchun ish haqi berish sanasi har oy uchinchi yoki o’n ettinchi kuni qilib belgilangan. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling