Аудиторское заключение


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

MUSTAQIL ISH MAVZULARI 
1. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil etishning me’yoriy 
tizimi va uning elementlari. 
2. O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunning 
mohiyati va uning ahamiyati.
3. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) 
va uning faoliyat yo’nalishlari. 
4. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) va uning faoliyati. 
5. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari. 
6. Auditorlik tashkilotining huquqlari. 
7. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari. 
8. Auditorlik tashkilotining javobgarligi. 
MAVZU BO’YICHA MASALALAR 
1-masala Siz “Komil” MCHJning auditorisiz. Sizning auditorlik tashkilotingiz 
boshqa ofisga ko‘chib o‘tmoqchi. “Komil” MCHJ Sizga o‘zi mulkdori hisoblangan 
binoda juda qulay joy taklif qilyapti. 
Talab etiladi. Bu taklif yuzasidan qanday muammolar kelib chiqishini 
aniqlash. 
 
2-masala. “Karim” MCHJ kompyuterlashtirilgan hisob shakliga o‘tishni 
tashkillashtirib berish xizmati bilan auditorlik tashkilotiga murojaat etdi. 
Auditorlik tashkiloti “Karim” MCHJning moliyaviy hisobotlarini birinchi yil 
tekshirmaganligi uchun bu MCHJning moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil etish 
xususiyatlarini, 
hisob 
ishlarining 
muammolarini 
yaxshi 
biladi 
va 
kompyuterlashtirilgan hisobni joriy etishning asosiy masalalarni aniq ko‘rsatib bera 
oladi.


19 
Talab etiladi. MCHJning moliyaviy hisoboti holati to‘g‘risida fikr bildirishda 
bu xizmat turi auditorning mustaqilligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini 
aniqlang. 
 
3-masala. Bir necha xafta mobaynida tadbirkor Zarina va auditor viloyatlar 
bo‘ylab sayohat qilmoqda. Tadbirkor Zarina sayohati davomida turli xil 
korxonalarda hissa qo‘shish imkoniyatini qidirmoqda. Auditor tadbirkorga kapital 
qo‘yish borasida maslahatlar berishi hamda tadbirkor bilan sherikchilik asosida 
tashkil qilingan korxonaning yillik hisobotini tekshiruvdan o‘tkazishi zarur. 
Topshiriq: Yillik hisobotni tekshirayotganda auditorlarning mustaqillik 
tamoyilidan kelib chiqqan holda auditorga ham maslahatchi ham auditor deb baho 
berish mumkinmi? Holatlarni tahlil qiling. 
4-masala. “Mubina” firmasi 201X yilning mart oyida ishlab chiqarish 
faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish uchun bankka murojaat qildi. Bank 
firmadan 201X yil yillik hisobotini ishonchliligini tasdiqlab beradigan auditorlik 
xulosasini so‘radi. «Mubina» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiladigan 
korxonalar turkumiga kirmaganligi sababli auditorlik tekshiruvini o‘tkazmagan edi. 
Lekin 201X yilning noyabr oyida soliq inspeksiyasi tomonidan hujjatli tekshiruv 
o‘tkazilgan bo‘lib, firma bankka ushbu tekshiruv dalolatnomasini taqdim etdi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling