Аудиторское заключение
-MAVZU: AUDITNING MOHIYATI, UNING MAQSADI VA
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
1-MAVZU: AUDITNING MOHIYATI, UNING MAQSADI VA
VAZIFALARI Quyidagi atamalarga izoh bering: Audit, tadbirkorlik faoliyati, mustaqil nazorat, moliyaviy hisobot, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, auditning ob’ekti va sub’ekti, auditning predmeti, auditorlik tekshiruvining usullari, xo’jalik faoliyatining tahlili, inventarizatsiya, hujjatli tekshirish, tahliliy amallar, kuzatish, so’rovnoma o’tkazish, kalkulyatsiya, baholash, taqqoslash, skanerlash, tanlash, xo’jalik shartnomalari, moliyaviy majburiyat va moliyaviy talablar, auditorlik xizmati, moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha tamoyillar, taftish, ixtiyoriy va majburiy audit, tashqi audit, ichki audit, auditorlik xizmatlari bozori. NAZORAT SAVOLLARI 1. Audit deganda nimani tushunasiz? 2. Audit dastlab qachon va qaerda paydo bo‘lgan? O‘zbekistonda qachondan boshlab faoliyat yuritilmoqda, bunga sabab nima bo‘lgan? 3. Auditning ahamiyati nimada? 4. Auditning oldiga qanday maqsad va vazifalar qo‘yilgan? 5. Auditning turlari, xillari va shakllarini aytib bering. 6. Auditning taftishdan farqi nimada? 7. Auditning iqtisodiy tahlil fanidan qanday farqli va unga o‘xshash tomonlari mavjud? 8. Agar korxonalarda ichki audit xizmati mavjud bo‘lsa, audit kerakmi? 9. Ichki audit bo‘limini ishini samarali deb hisoblash mumkinmi, agar u bo‘lim bosh buxgalterga bo‘ysunsa? 10. Agar audit nazoratni samarali shakli bo‘lsa, barcha korxonalarda uni o‘tkazish majburiyatini olishi lozimmi? 11. Nima sababdan auditorlik tashkiloti aksionerlik jamiyati sifatida tashkil etilishi mumkin emas? 12. Agar auditorlik faoliyati bekor qilinsa mamlakatda nima sodir bo‘ladi? 6 13. Auditorlik faoliyatining predmeti deganda nimani tushunasiz? 14. Auditda qanday tekshiruv metodlaridan foydalaniladi? 15. Auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari nimalar? 16. Audit moliyaviy nazoratning boshqa shakllaridan qanday farq qiladi? 17. Auditning ob’ekti nima, sub’ektlari kimlar? 18. Qanday audit majburiy audit hisoblanadi? 19. Qanday audit tashabbusli audit hisoblanadi? 20. Audit fanining iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi? 21. «Audit» fanining predmetining mohiyati nimalarda aks etadi? 22. «Audit» fanining ob’ektini qanday izohlaysiz? 23. «Audit» fanining qanday metodlari mavjud? 24. «Audit» fanida qanday xususiy usullar qo’llaniladi? 25. «Audit» fanining «Moliyaviy hisob» fani bilan qanday o’zaro bog’liqligi mavjud? 26. «Audit» fanining «Boshqaruv hisobi» fani bilan qanday o’zaro bog’liqligi mavjud? 27. «Audit» fanining «Soliqlar va soliqqa tortish» fanlari bilan qanday o’zaro bog’liqligi mavjud? 28. Tekshiruvda isbot va dalillar olishning necha xil usullarini bilasiz, ularni sanang? 29. Ichki audit xizmati samarali ishlayotgan bo‘lsa, ochiq aksionerlik jamiyatlarida auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish lozimmi? 30. Qaysi nuqtai nazar aksioner uchun to‘g‘riroq: nazorat shaklini ixtiyoriy tanlash xuquqiga egaligi, yoki bu xuquqdan maxrumligimi. 31. Audit nazariyasi auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga tayyorlanishda qanday ta’sir ko‘rsatadi? Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling