Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab etiladi
- Topshiriq
8 3-masala. «Zarina» MCHJ 2018 yil uchun analitik hisobni tiklash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha shartnoma tuzish taklifi bilan 2018 yilning dekabrida “Alfa-audit” auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. SHartnoma tuzilib, xizmatlar ko‘rsatilib, 2018 yilning dekabrida xizmatga haq to‘langan edi. 2019 yilning fevralida MCHJ 2018 yil uchun moliyaviy hisobotni tasdiqlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnoma tuzish taklifi bilan yana “Alfa-audit” auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. Talab etiladi: 1) berilgan taklifni auditorlik tashkiloti taklif qilish yoki qilmasligini aniqlash; 2) auditorlik tashkiloti «Zarina» MCHJning 2018 yil moliyaviy hisobotini tasdiqlash bo‘yicha xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnoma tuzishi mumkinmi. 4-masala. «A» xususiy firmasi 201X yildan boshlab aksiyadorlik jamiyati bo‘lib qayta ro‘yxatdan o‘tdi. 201X yilda jamiyatning bajarilgan ishlari xajmi 2500 mln so‘mni yillik ish haqi fondi 500,0 mln. so‘mni va jami byudjetga to‘lovlari 300,0 mln so‘mni tashkil etdi. Topshiriq: 201X yil uchun yillik hisobot auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi shartmi? 5-masala. «SOLIHA» qo‘shma korxonasi 2018 yilning oktyabr oyida «Inter- audit» auditorlik tashkilotiga analitik hisobni tiklab berish yuzasidan murojaat qildi. SHartnoma asosida xizmat ko‘rsatilib, pul to‘landi. 2019 yilning mart oyiga kelib «SOLIHA» qo‘shma korxonasi xuddi shu auditorlik tashkilotiga 2018 yil uchun yillik hisobotni tasdiqlab berish yuzasidan qayta murojat qildi. Topshiriq: Auditorlik tashkiloti ushbu taklifni qabul qila oladimi? 6-masala. Auditorlik tashkiloti «Ahil» va «Baxt» firmalaridan auditorlik tekshiruvini o‘tkazib berish yuzasidan taklif oldi. «Ahil» firmasi besh yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, majburiy auditorlik tekshiruviga tortilmaydi. Soliq inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan 9 hujjatli tekshiruv vaqtida «Ahil» firmasiga katta miqdorda jarima sanksiyasi qo‘yilgan. Agarda firma ushbu jarimani to‘lasa, uning moliyaviy barqarorligi yo‘qoladi. SHu sababli firma auditorlik tashkilotiga ushbu moliyaviy jarimani kamaytirib berish uchun tekshiruv o‘tkazib berish taklifi bilan chiqdi va auditorlik tashkilotiga ushbu xizmat uchun 5,0 million so‘m to‘lashini ma’lum qildi. «Baxt» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiluvchi tashkilot hisoblanadi. Faoliyatining uchinchi yilida firma auditorlik tashkilotini o‘zgartirib, yuqoridagi auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. «B» firmasi auditorlik tekshiruvi uchun 4,8 million so‘m to‘lab berishini ma’lum qildi. Auditorlik tashkilotida xodimlar soni cheklangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikkala taklifni qabul qila olmaydi. Ikkala taklifni qabul qilishi uchun chetdan xodimlar jalb qilishi kerak bo‘ladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling