Topshiriq: Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang.
3-masala. Mijozingizning uchta katta do‘koni mavjud. Har bir do‘kon bir
necha bo‘limdan iborat. Barcha bo‘limlar eng kamida besh yilda bir marta batafsil
tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Auditorlik riski yuqori bo‘lgan bo‘limlar juda
sinchikovlik bilan tekshirilishi kerak. Ma’lumki, bu do‘konlarda o‘tgan yili
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan edi. Har bir do‘konda ichki nazorat bo‘limi mavjud.
Talab etiladi. Riskni baholash uchun auditor qanday ishlarni amalga oshirishi
kerakligini aniqlang.
4-masala.
1. Moliyaviy hisobot 100% haqqoniy bo‘lishi mumkin emas.
2. Auditorlik tekshiruvi natijasida ichki xo‘jalik riski pasaytirilishi mumkin.
3. MCHJ rahbariyatining faoliyati ichki xo‘jalik riskiga ta’sir ko‘rsatadi.
4. Ichki xo‘jalik riski MCHJning faoliyat turiga qarab o‘zgaradi.
5. Auditor takomillashtirish to‘g‘risida takliflarini kiritish yo‘li bilan
(rahbariyatga xatlarida) nazorat riskini pasaytirishi mumkin.
6. Agar ichki xo‘jalik va nazorat risklari yuqori bo‘lsa, aniqlanmaslik riski ham
yuqori bo‘ladi.
7. Agar ichki xo‘jalik va nazorat risklari past bo‘lsa, auditor tekshiruvning
sinchikovlilik darajasini pasaytirishi mumkin.
8.Anilqlanmaslik riski tekshiruvning barcha sohalari uchun bir xil darajaga ega
— ta’minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari va b.
Talab etiladi. YUqorida keltirilgan ta’kidlarning to‘g‘riligini aniqlash.
5-masala. Quyidagi 5 va 6 jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar asosida
muhimlik darajasini aniqlang hamda uni buxgalteriya balansining muhim
moddalirga taqsimlang(7, 8- jadvallarga asosan).
48
5-jadval.
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |