58
2-masala.
1. Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzing
2. Mijozdan so‘rab olinadigan hujjatlarning ro‘yxatini tuzing
3. Auditni rejalashtirish to‘g‘risida hisobot tuzing.
4. Audit o‘tkazish to‘g‘risida shartnomaning loyihasini tuzing.
Masalani bajarish uchun materiallar:
1. Hisob siyosatiga oid buyruqlar.
2. Buxgalteriya balansi – 1- shakl.
3. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot – 2- shakl.
4. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4- shakl.
5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot - 5- shakl.
Masalani bajarish uchun ko‘rsatmalar:
1. Korxonaning ta’sis hujjatlari va hisobot ma’lumotlarini o‘rganish
orqali
bajariladi va bu o‘z navbatida «Xo‘jalik sub’ekti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar»
bo‘limi uchun material sifatida xizmat qiladi.
2. Ichki nazorat tizimiga baho berishda auditorlik faoliyatida «Audit
o‘tkazishda buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimiga baho berish va o‘rganish»
standartlaridan
foydalaniladi.
Olingan
ma’lumotlar auditni rejalashtirish
to‘g‘risidagi hisobotning «Ichki nazorat tizimi holatini baholash» bo‘limi
uchun
foydalaniladi.
3. Auditning umumiy rejasi va dasturi korxonaning faoliyatini o‘rganish
asosida ichki nazorat tizimini baholash va moliyaviy hisobotni tahlilini hisobga
olgan holda tuziladi; auditorlik faoliyati standartlariga mos holda rasmiylashtiriladi.
(12 ,13- jadvallar).
Do'stlaringiz bilan baham: