Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
Auditning maqsadi. Uzoq muddatli investitsiyalar to‘g‘risidagi buxgalteriya hisobotini haqqoniyligini va uning samaradorligini tasdiqlash. Auditning vazifalari: 1. Uzoq muddatli investitsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish. 2. Uzoq muddatli investitsiyalarni yuridik jihatdan haqqoniyligini aniqlash. 3. Qimmatbaho qog‘ozlar muomalalarini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishini va qonuniyligini tekshirish. 4. Qimmatbaho qog‘ozlar muomalalari bo‘yicha hisob-kitoblarni soliq qonunchiligiga amal qilinishini tekshirish. 5. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan dividendlarning to‘lash bo‘yicha muomalalarini tekshirish. MAVZU BO’YICHA MASALALAR 1-masala. O‘tgan yili «MUBINA» kompaniyasi 50000 so‘mlik vekselni 2500 so‘m diskont bilan sotib oldi. Vekselni amal qilish muddati 1,5 yil. Buxgalteriya 127 hisobida veksel sotib olish qiymatida kirim qilingan, so‘ngra vekseldan elektr ta’minoti bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish uchun foydalanildi. Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering. 2-masala. Iyun oyida №138 guvoxnomaga asosan tashkilotning boshqa tashkilotga qarashli bo‘lgan aksiyalari tovar-fond birjasida sotildi. Guvohnomada ko‘rsatilishicha: Aksiyani sotish qiymati - 8000 Auksionda xizmatlar uchun to‘lov - 1600 Buxgalteriya hisobi ma’lumoti bo‘yicha aksiya qiymati - 1800 Tashkilot buxgalteriya hisobida quyidagicha buxgalteriya yozuvlari qilingan: D-t 5010 K-t 0610 - 6400 D-t 0610 K-t 9320 - 4600 Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering. 3-masala. Korxona qimmatli qog‘ozlar sotib olish maqsadida uch oyga yillik stavkasi 25% 300000 so‘m kredit oldi. Remoliyalashtirish stavkasi 16%. To‘lanishi shart bo‘lgan kreditdan foydalanish foiz summasi quyidagicha hisoblangan. 300000 * 25% / 12 x 3= 41250 Qimmatli qog‘ozlar 300000 so‘mga sotib olingan buxgalteriyada quyidagicha provodkalar berilgan. D-t 5110 K-t 6810 300000 Olingan kredit summasiga D-t 0610 K-t 5110 300000 Kirimga olingan aksiyalarga to‘langan summa D-t 9439 K-t 6810 41250 Kredit foizi hisoblangan D-t 6810 K-t 5110 41250 Kredit foizi to‘lab berilgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling