Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
17- masala. Korxona chet tashkilot kuchi bilan sex qurmoqda. Buning uchun qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasi tuzildi. SHartnomaga ko‘ra pudrat tashkiloti obektni zarur materiallar bilan ta’minlashi, shuningdek ularning saqlanishi va qurilish ob’ektigacha tashilishini tashkil qilishi kerak . Buyurtmachining o‘z omborida pudrat tashkilotiga berish majburiyatini olgan 3 000 000 so‘mlik summadagi materiallar, shu jumladan QQS-500 000 so‘m mavjud . Pudratchi uchun sexning umumiy smeta qiymati 70 mln so‘m (QQS bilan birga ) Buyurtmachi ob’ektni 70 mln so‘mlik qiymat bo‘yicha kirim qiladi. Topshiriq: Auditor sifatida korxona buxgalteriga amaliy yordam ko‘rsating hamda auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 18-masala. “Deloitte” Xalqaro auditorlik tashkiloti 2019 yil fevral oyida “GM Uzbekistan” AJni majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazmoqda. Audit dasturiga asosan moliyaviy investitsiyalar bilan bog’liq muomalalar tekshirilmoqda. Tekshiruv davomida bir qancha hato va kamchilikar aniqlandi. Qo’shma korxonaning “Qimmatli qog’ozlar hisobi” seksiyasining buxgalteri tomonidan yo’l qo’yilgan hato va kamchililar quyidagicha: 1. Qimmatli qog’ozlarning xarid va nominal qiymati o’rtasidagi farq( nominal qiymati xarid qiymatidan yuqori) aks ettirilgan: Dt 0610 “Qimmatli qog’ozlar” Kt 9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar” 2. Brokerga investitsiyalar xaridi bo’yicha komission haq to’landi: Dt 0610 “Qimmatli qog’ozlar” 134 Kt 6010 “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schotlar” 3. Uzoq muddatli investitsiyalarni qayta baholash natijasida ularning qiymati pasaytirilgan: a) Oldingi davrda qo’shimcha baholangan summa chegarasida : Dt 0610 “ Qimmatli qog’ozlar” Kt 8510 “ Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” b) Oldingi davrda qo’shimcha baholangan summa chegarasidan yuqori summaga Dt 9590 “ Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” Kt 0610 “ Qimmatli qog’ozlar” Talab qilinadi: Yuqoridagi ma’lumotlarga asosan tuzatuvchi o’tkazmalar berilsin hamda yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar keltirib o’tilsin. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling