Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
17-masala. Korxonaga tegishli ombor inventarizatsiyadan o‘tkazilganda 125000 so‘mlik kamomad aniqlandi Ushbu omborga 2600 000 so‘mlik material kirim qilinganligi ma’lum bo‘lgan, ishlab chiqarishga 2 100 000 so‘mlik material sarflangan . Omborda 500 000 so‘mlik material bo‘lishi kerak edi . SHu paytda buxgalter quyidagicha provodka berib kamomadni yopgan. Dt 9430 Kt 1010 125000 Lekin ombor mudiri A. Abduxoliqov kamomadni tan olgan va kamomadni ish haqidan ushlab qolinishiga rozi bo‘lgan. Topshiriq: YUqoridagi kamomad bo‘yicha provodkalar to‘g‘riligini tekshiring. 146 18-masala. “Gidroproekt” AJ qurilish korxonasi tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvidan o’tkazilmoqda. Tekshiruv davomida tovar-moddiy zaxiralar harakati bilan bog’liq muomalalar ko’rib chiqildi. Hamda asosiy auditor quyidagi kamchiliklarni aniqladi: 1. Tayyor mahsulotlar materiallar sifatida o’z ehtiyojlari uchun omborga kirim qilinganda: Dt 1010-1090 “Materiallarni hisobga oluvchi schotlar”, Kt 9010 “ Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”. 2. Materiallarni tashib berilganligi uchun transport tashkilotidan schotlar olingan: Dt 1010-1090 “Materiallarni hisobga oluvchi schotlar”, Kt 6010 “Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schotlar”. 3. Mol-mulk tarkibida xarid qilingan yoqilg’i hisobga olingan: Dt 8530 “Tekinga olingan mulk”, Kt 1030 “Yoqilg’ilar”. 4. Material kamomadi bo’yicha mol yetkazib beruvchilarga da’volar taqdim qilingan: Dt 1010-1090 “Materiallarni hisobga oluvchi schotlar”, Kt 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan schotlar”. Talab qilinadi: Asosiy auditor aniqlagan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tuzatuvchi o’tkazmalar berilsin hamda yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar keltirilsin. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling