Аудиторское заключение


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

 
2-masala. Korxona o‘zida ishlab chiqarilgan oq kiyimlarni bolalar uyiga hayr-
sahovat sifatida topshirdi. Bu muomala buxgalteriya hisobida quyidagicha aks etgan. 
D-t 9439 K-t 2810 60000 
Bu haqiqiy tannarx bo‘yicha. 


141 
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri 
hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering. 
3-masala. Ulgurji savdo tashkiloti tovarlarni hayr-sahovat maqsadida maktab 
internatiga berdi. Ulgurji savdo tashkiloti buxgalteriya hisobida bu muomala 
quyidagicha aks etgan. 
D-t 9439 K-t 2910 130000 hisobga olingan bahoda. 
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri 
hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering. 
4-masala. Korxona tomonidan xayr exson maqsadida bolalar kasalxonasiga 
dorilar berildi. Bu muomala bo‘yicha summa chakana baho 300000 so‘m, savdo 
ustamasi 30% QQS10% va quyidagicha provodka berilgan. 
D-t 8530 K-t 4110 300000 
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri 
hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering. 
 
5-masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor quyidagilarni aniqladi: 
Hisobot davri boshiga materiallar qoldig‘i 2000 ming so‘m bo‘lib, hisobot 
davrida asosiy ishlab chiqarish uchun 1000 ming so‘mlik, yordamchi ishlab 
chiqarishga 200 ming so‘mlik, transport vositalarining remonti uchun 50 ming 
so‘mlik, boshqaruv extiyojlari uchun 10 ming so‘mlik, yotoqxonani ta’mirlash 
uchun 70 ming sumlik material sarflangan. Ushbu muomalalarni aks ettirish uchun 
buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar kilingan: 
D-t 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» 1000 ming sum 
D-t 2310 «YOrdamchi ishlab chiqarish» 200 ming sum 
D-t 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» 60 ming sum 
D-t 9410 «Sotish xarajatlari» 70 ming sum 
D-t 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» 180 ming sum 
K-t 1000 «Materiallar» 1330 ming sum. 


142 
Talab qilinadi: Materiallarni hisobdan chiqarish bilan bog‘lik noto‘g‘ri 
buxgalteriya provodkalarini aniqlang. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot 
tayyorlang. 
6-masala. Korxona mol etkazib beruvchidan 270000 so‘mlik (QQS 45000) 
qurilish materiallari sotib oldi. SHartnomada 45% oldindan to‘lov nazarda tutilgan. 
Qolgan summa 2 oyga kechiktiriladi. Tolov muddati kechikkani uchun 
kechiktirilgan summaning 7% miqdorida haq to‘lanadi. 
1. DT 4310 KT 5110-21500 
2. DT 1050 KT 6010-225000 
3. DT 4410 KT 6010-45000 
4. DT 6010 KT 5110-148500 
5. DT 9610 KT 6920-10395 
6. DT 6920 KT 5110-10395 
Topshiriq: YUqoridagi muomlalar to‘g‘ri va to‘liq hisobga olinganini 
tekshiring va auditorlik hisobotini tuzing. 
7-masala. Mas’ulyati cheklangan jamiyatning tasis shartnomasida nazarda 
tutilishicha, tasischilar ustav kapitaliga ulush sifatida TMZ larni kiritgan. 
“A” Ta’sischi 70000 so‘m (QQS 11667 so‘m)lik kurilish materiallari; 
“B” Tasischi 95000 so‘mlik tovar kiritgan. 
1. DT 1050 KT 8330-165000 
2. DT 4410 KT 6410-11667
Ushbu buxgalteriya o‘tkazmalarida qanday xatoliklar mavjud, ular qanday 
aniqlanadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling