Yordamchi moddalar va dori vositalarining biosamaradorlikga ta’siri
Yordamchi moddalarni fizik-kimyoviy tavsifi va farmakokinetikasi bo’yicha tasniflanishi:
- Shakl hosil qiluvchi moddalar. Bu turdagi yordamchi moddalar suyuq dori shakllarini tayyorlash texnologiyasida erituvchi sifatida (tozalangan suv, in’eksion suv va boshq.), qattiq dori shakllarini tayyorlash texnologiyasida to’ldiruvchi sifatida (sut qandi, kraxmal, talk va boshq.), yumshoq dori shakllarini tayyorlash texnologiyasida surtma asosi (vazelin, moy va boshq.) va shamcha asosi (kakao moyi, jelatin va boshq.) hisoblanadi. Ular dori moddalariga dori shakllarini berishga hizmat qilib, ma’lum bir geometrik shakl, og’irlik va hajm kabi boshqa talablarni namoyon bo’lishiga yordam beradi.
- Dori moddasining turg’unligini ta’minlovchi yoki oshiruvchi moddalar (stabilizatorlar). Тurg’unlik – dori moddasini dori shakli ko’rinishida ishlab chiqarilgan vaqtidan boshlab butun saqlanish davomida fizik-kimyoviy va mikrobiologik xossalarini to’liq o’zida saqlab qola olishidir. Uni quyidagi usullar bilan ta’minlash mumkin:
- dori shaklini turg’unligini ta’minlash;
- dori moddasini turg’unligini ta’minlash;
- mikroblar kontaminatsiyasini ta’minlash
Dori moddasining turg’unligini ta’minlovchi yoki oshiruvchi moddalar quyidagi uch guruhga bo’linadi:
kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan stabilizatorlar – dori vositalarini tayyorlanish jarayoni va saqlash mobaynida ishlatiladi, ular har xil sterilazatsiya jarayonini o’taydigan (ayniqsa termik sterilizatsiya) dori shakllari katta amaliy ahamiyatga ega;
kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan stabilizatorlar – dori vositalarini tayyorlanish jarayoni va saqlash mobaynida ishlatiladi, ular har xil sterilazatsiya jarayonini o’taydigan (ayniqsa termik sterilizatsiya) dori shakllari katta amaliy ahamiyatga ega;
mikroblarga qarshi ishlatiladigan stabilizatorlar (konservantlar) – dori vositalarida mikroorganizmlari rivojlanishi va ko’payishini oldini oladi.
- Eruvchanlikni oshiruvchi moddalar (solyubilizatorlar). Bu turdagi yordamchi moddalar amalda erimaydigan yoki qiyin eriydigan dori moddalarini erishini oshiradi. Bu maqsadda ishlatiladigan yordamchi moddalarni asosini sirt faol moddalar (SFM) tashkil qiladi (tvin-80, o’t kislotasi).
- Dori moddasining ta’sirini uzaytiruvchi moddalar (prolangatorlar). Bular dori moddasini organizmda ushlanib qolish vaqtini uzaytirib, organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi. Bunga asosan dori moddasini dori vositasi yoki shakli tarkibidan ajralib chiqishini sekinlashtirish bilan erishiladi. Bu turdagi yordamchi moddalarga quyilgan xususiy talablardan biri ular dori moddasining qondagi maksimum konsentratsiyasini belgilangan vaqtda hosil qilishi shart. Shundagina kerakli terapevtik samaradorlik o’z vaqtida yuzaga chiqadi. Dori moddalarini ta’sirini uzaytirish uchun amalda ko’proq yuqori molekulyar birikmalar (MS, KMS, natriy KMS, PVP, kollagen va boshq.) ishlatilishi mumkin.
- Dori moddasini rangi, hidi va mazasini me’yorlashtiruvchi moddalar (korrigentlar). Bu maqsadda ko’proq tabiiy va sintetik moddalar yoki ularning eritmalari ishlatiladi. Masalan oddiy qand qiyomi, chuchukmiya, malina, olcha qiyomlari va boshq. Shuningdek, saxaroza, laktoza, fruktoza, sorbit, saxarin, efir moylaridan yalpiz, apelsin va anis kabi korrigentlardan ham bugungi kunda amaliyotda keng-ko’lamda foydalanilmoqda.
Yordamchi moddalarning dori turiga shakl berishini nazarda tutib, ularni quyidagi sinflarga bo’lish mumkin.
- erituvchilar;
- surtma dorilar uchun asoslar;
- shamchalar uchun asoslar;
- kukundorilar tayyorlashda ishlatiladigan asoslar;
- sirt faol moddalar;
- stabilizatorlar;
- konservantlar;
- dorining mazasini yaxshilaydigan moddalar (korregentlar);
- emulgatorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |