Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
MUSTAQIL ISH MAVZULARI 1.Moliyaviy natijalar auditining maqsadi. 2.Mahsulot sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija auditi. 3.Davr xarajatlarini tekshirish. 4.Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar auditi. 5.Favqulodda olingan foyda (ko’rilgan zarar)ni tekshirish. 6.Sof foyda hisobidan fondlar va boshqa zahiralar tashkil etilishini tekshirish. 179 MAVZU BO’YICHA MASALALAR 1-masala. 9400 – “Davr xarajatlari” va 5110 – “Hisob-kitob” schyotlarning debeti bo‘yicha buxgalteriya provodkalarida aks ettirilgan xarajatlarni va hisob- kitob schyoti bo‘yicha yozuvlarni qarama-qarshi usulda tekshirish paytida, auditor tomonidan shu narsa aniqlandiki, joriy yilda korxona avtomobil sotib olgan. Avtomobilning bahosi 4500 ming so‘m va QQS esa 900 ming so‘mni tashkil qilgan. Avtomobilni kirimga olishda 4500 ming so‘m balans bahosi deb belgilangan 900 ming QQS summasini 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga olib borgan. Talab qilinadi: YUqoridagi xolat bo‘yicha buxgalteriya provodkalariga baho bering, zarur bo‘lsa kerakli to‘g‘rilashlarni amalga oshiring? 2-masala. Xarajatlar hisobi bo‘yicha yozuvlarni tekshirish paytida auditor mahsulotning tannarxiga quyidagi xizmatlar to‘lovi kiritilganligini aniqladi. Provodka D-t 9430 K-t 6010 tashkilot mulki hisoblangan xonaga yangi telefon liniyasi o‘rnatish uchun aloqa bo‘limiga - 18500; YOng‘indan saqlash signalizatsiyasi o‘rnatganlik uchun o‘t o‘chirish tashkilotiga 11000 so‘m; Lokal kompyuter seti o‘tkazish tashkilotiga - 56000 so‘m. Talab qilinadi: YUkoridagi holat bo‘yicha buxgalteriya provodkalariga baho bering, zarur bo‘lsa kerakli to‘g‘rilashlarni amalga oshiring? 3-masala. Ichki auditorni tayyorlash uchun tashkilot uning maxsus auditorlik kursida o‘qish uchun va auditorlik kurslari va auditorlar attestati olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘ladi. Bu operatsiya hisobda quyidagicha aks ettirilgan. D-t 9430 K-t 5110 - 400000 so‘m Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling