Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
4 KIRISH «Audit» fanidan masalalar to‘plami namunaviy dastur asosida bakalavriat yo‘nalishining 5230900 “Buxgalteriya hisobi va audit”, 5230800 “Bank ishi”, 5230700 “Soliqlar va soliqqa tortish” va boshqa yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan. Mazkur masalalar to‘plami 21-son buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS)ga binoan yangi schyotlar rejasi va auditorlik faoliyatning milliy standartlari (AFMS)ga asoslanib tayyorlangan. To‘plam yigirma bitta mavzudan iborat bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga qamrab olib, har bir mavzu uchun turli holatlarga oid masalalar va nazorat savollaridan iboratdir. Bu o‘z navbatida darslarni seminar va amaliy mashg‘ulot sifatida o‘tishga imkoniyat yaratadi. Masalalar to‘plamining mavzulari auditni tashkil etish jarayoni, auditorning huquq va majburiyatlari, auditorning ahloqiy qoida me’yori hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini haqqoniyligini aniqlash maqsadida hisob ishlarining barcha bo‘limlarini tekshirish masalalarini o‘z ichiga olgan. Auditning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadi va vazifalari aniqlangan. Har bir bo‘limni bajarilishi bo‘yicha topshiriqlar va ko‘rsatmalar berilgan. Bularni o‘rganilishi o‘z navbatida auditorlik jarayonining ketma-ketlikda bajariladigan ishlarini, ya’ni uni rejalashtirishdan toki auditorlik hisobot tuzish va auditorlik xulosani rasmiylashtirishgacha bo‘lgan auditorlik amallarini bajarishga yordam beradi. Bundan tashqari, auditorning tekshiruv o‘tkazish texnikasi va usuli bo‘yicha olgan bilimlarini yanada kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Bu to‘plam orqali talabalar o‘z-o‘zini mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o‘tkazishda foydalanilishlari mumkin. SHuningdek, mazkur masalalar to‘plamida korxonaning moliyaviy hisoboti, auditorning hisoboti va xulosasidan namunalar va tegishli ilovalar keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling