Аудиторское заключение


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

Maslahat uchun savollar. 
1. Joriy hisobot davriga tegishli, hisobot tuzilganga qadar aniqlangan 
xatolarni buxgalteriya hisobotida qanday aks ettiriladi? 
2. Joriy hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillardagi xatolar hisobda qanday 
aks ettiriladi? 
3. Korxona turli faoliyat bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa foyda solig‘i bazasi 
qanday aniqlanadi? 
4. Transport vositasiga 100% eskirish hisoblangan bo‘lib shartnoma bahosida 
184000 so‘mga sotib olingan. Bu transport vositasiga amortizatsiya hisoblash 
kerakmi? Transport vositasini asosiy vositalar tarkibiga qqshilganda qanday 
buxgalteriya provodkalari beriladi? 
5. Korxona telefon o‘rnatish va uning xizmati, kommutator xizmati, o‘t 
o‘chirish sistemasi, signalizatsiya moslamalari xarajatlari qanday xarajatlar 
tarkibida hisobga olinadi? 
6. Yilning natijasi bo‘yicha o‘tkaziladigan majburiy auditorlik xizmati uchun 
to‘lov sarflari qaysi xarajatlar tarkibida hisobga olinadi va soliqqa tortish bazasiga 
qqshiladimi? 
7. Temir yql chiptasida temir yo‘l ta’rifi va sug‘urta summasi ko‘rsatilgan 
QQS summasini qanday ajratish mumkin. Temir yo‘l chiptasining jami 
summasidanmi yoki temir yo‘l ta’rifi summasidanmi? 
8. SHo‘‘ba korxona alohida balans va hisob-kitob schyotiga ega. Nizom 
talablariga ko‘ra o‘zining tushumini bosh korxonaga pul ko‘chirish orqali o‘tkazib 
berish kerak. Bosh korxonaga naqd pulda belgilangan limitda ortiqcha to‘lash 
huquqiga egami? 


196 
9. Xo‘jalik shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun jarima summalari 
qaysi mablag‘lar hisobidan qoplanadi? 
10. Ustav kapitalidagi xorijiy ta’sischilarning ulushini baholash tarkibi qanday 
amalga oshiriladi? 
11. Kichik korxonalarida yagona soliq to‘lash kriteriyalari qanday tartibda 
amalga oshiriladi? 
12. SHo‘‘ba korxona va qaram korxonalarni tuzishda qaysi me’yoriy 
hujjatlarga asoslanadi? 
13. Safar xizmati xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga 
oshiriladi? 
14. Xorijiy mamlakatlar bo‘yicha safar xizmatlarini hisoblash va hisobdan 
chiqarish xususiyati qanday amalga oshiriladi? 
15. Vakillik xarajatlari me’yorlari va ularni hisobdan chiqarish qanday amalga 
oshiriladi? 
16. Reklama xarajatlari me’yorlari va hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga 
oshiriladi? 
17. Kadrlar tayyorlash xarajatlari qanday hisobdan chiqariladi? 
18. Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar uchun berilgan moddiy yordam 
pullari mahsulot tannarxiga kiritiladimi? 
19. Kredit foizi summalari mahsulot tannarxiga kiritiladimi? 
20. Korxona investitsiya uchun qilingan sarf xarajatlar, jumladan sotib olingan 
asosiy vositalar qaysi qiymatda (boshlang‘ich yoki qoldiq) soliq solish bazasidan 
imtiyoz sifatida chegirib tashlanadi? 
21. Asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga sotilganda qanday tartibda va qaysi 
qiymatidan QQS to‘lanadi? 
22. Tekinga olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanadimi? 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling