Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
10-masala. Korxona aksiyalarini nominal qiymati bo‘yicha 1500 000 so‘mga
xarid qildi. Olingan aksiyalar o‘rniga 1500 000 so‘mni tashkil qiladigan yangi nusxa ko‘chiruvchi uskuna berildi. Buxgalteriyada quyidagicha hisobga olingan: 1)Nusxa ko‘chiruvchi uskunaning qiymati hisobdan chiqarildi: Dt 9210, Kt 0140 – 1500000 131 2) Aksiyalar xarid qilindi: Dt 0610, Kt 9210 – 1500000 Topshiriq: YUqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganini tekshiring va auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 11-masala. Korxona “A” ta’sischidan ustav kapitaliga ulush sifatida aksiyalarni oldi. Ta’sischining kelishuviga ko‘ra nominal qiymati 1050000 so‘m bo‘lgan aksiyalar 1400 000 so‘mga baholandi. Buxgalteriyada quydagicha yozuvlar amalga oshirilgan. 1) ”A” ta’sischining ustav kapitaliga bo‘lgan qarzi aks ettirildi: Dt 4610, Kt 8310,8320 – 1400000 2) Ustav kapitaliga ulush hisobiga aksiyalarning kelib tushishi aks ettirildi: Dt 0610, Kt 4610 – 1400000 Ustav kapitaliga ulush hisobiga olingan aksiyalarning qiymati ularning nominal qiymatidan farq qilganligini hisobga olgan holda, korxona ulush aksiyalarining bozor bahosi va ularning nominal qiymati orasidagi farq hisobdan chiqariladigan davrni belgilang. Topshiriq: YUqoridagi muomalalar qonunchilikka to‘g‘ri hisobga olinganini tekshiring va auditorlik hisoboti uchunmalumot tayyorlang. 12-masala. Umumbelgilangan soliqlarini to‘lovchi korxona tomonidan hadya shartnomasi bo‘yicha 2 000 000 so‘mlik nominal qiymat bo‘yicha aksiyalar olindi. Ushbu muomalalar buxgalter tomonidan quyidagicha hisobga olingan: 1) Hadya shartnomasi bo‘yicha olingan aksiyalar kirim qilindi , Dt 0610, Kt 8530 – 2 000 000 , 2) Foyda solig‘i hisoblab yozildi (2000000*10%) Dt 9810, Kt 6610 – 200 000 Topshiriq: YUqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganini tekshiring va auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling