Auksion natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish va ijro etish tartibi
Download 20.44 Kb.
|
Oybek akaga yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 Davlat xaridlarini amalga oshirish tamoyillari
15-variant Auksion natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish va ijro etish tartibi Eng yaxshi takliflarni tanlash tushunchasi Davlat xaridlarini amalga oshirish tamoyillari 1. Auksion tugaydigan vaqt kelganda maxsus axborot portali auksion o‘tkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past narx ko‘rsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion g‘olibi sifatida maxsus axborot portali tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi maxsus axborot portalida aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va davlat buyurtmachisining buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani shakllantiradi. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‘lsa yoki hech kim ishtirok etmagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va g‘olib aniqlanmaydi, davlat buyurtmachisi auksionni besh kunga uzaytiradi. Auksionni uzaytirish avvalgi auksion tamom bo‘lgan paytdan e’tiboran uch kun ichida davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holda, agar xarid qilish tartib- taomili yakunlariga ko‘ra auksion o‘tkazilmagan deb topilgan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi auksionni uzaytirmay, Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomil bo‘yicha tanlovni quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘tkazishga haqli: belgilangan davlat xaridlarining summalariga oid mezonlar amal qiladi; tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon ishtirokchilarning takliflari qabul qilinadigan muddatning tamom bo‘lish sanasidan kamida o‘n kun oldin davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtiriladi; davlat xaridini amalga oshirish uchun kamida besh kishidan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. 3 Davlat xaridlarini amalga oshirish tamoyillari Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati; asoslanganlik; moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi; ochiqlik va shaffoflik; tortishuv va xolislik; mutanosiblik; davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi; korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik. Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanilishi kerak. Download 20.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling