Autizm ( bolalar autizmi deb ham ataladi)inglizcha: infantile autism ), bolalik autizmi


Download 75.1 Kb.
bet9/9
Sana04.04.2023
Hajmi75.1 Kb.
#1325100
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Autizm

Autizmni davolash


Hozirgi kunda autizmni medikamentoz davolash usullari o‘ylab topilmagan. Lekin, uni oxirgi ma’lumotlarga qaraganda «Delfin ovozi» bilan davolash mumkin. Bundan tashqari, ota-onalar pedagog, psixiatr, psixolog, pediatr bilan hamkorlikda bemor bolalar bilan barvaqt shug‘ullansalar, ularning xatti-harakatlarini ijobiy tomonga yo‘naltirishlari mumkin. Davolash maqsadida ortda qolayotgan jihatlarni korreksiya qilish uchun barcha turdagi autist bolalarga mos keladigan quyidagi chora tadbirlar qo‘llash mumkin:



  • Gapirish qobiliyatini yaxshilash maqsadida logoped bilan mashg‘ulotlar olib boorish;

  • So‘zlashish uchun rasmli kartochkalardan foydalanish yoki planshet, kompyuterda so‘zlarni yozib o‘rgatish;

  • Bola bilan har xil o‘yinlar o‘ynash, bir sferada faqat bir mutaxassis bilan;

Medikamentoz davo faqatgina qo‘shimcha sifatida bolada kuchli agressiya bo‘lsagina buyuriladi.
Autizmga chalingan bemor bolalarni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilish kerak. Kattalar buni o‘z vaqtida aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashlari zarur. Autizm kasalligi homila ona qornidalik davridayoq uning bosh miyasi rivojlanishida ba’zi oqsillarning yetishmasligi sababli paydo bo‘lishi mumkin, degan tahminlar mavjud. Bu xastalikning irsiyat bilan bog‘liqligi hali to‘liq o‘rganilmagan. Amerikalik va fransiyalik olimlar guruhi bosh miya rivojlanishining ilk bosqichlarida hid sezishda ishtirok etadigan o‘zak hujayralarni o‘rganish zarur, degan xulosaga kelishdi. Chunki, burundan osonlik bilan olinadigan biopsiya surtmasi bu hujayralarni o‘rganishda bebaho usul hisoblanadi.


Bolalardagi autizm: sabablar, ilk belgilar va davolash usullari
Autizm – ruhiy buzilishning ogʻir turlaridan biri boʻlib, atrofdagilardan uzoqlashishga harakat qilish va his-tuygʻularni biz odatlangan koʻrinishda ifodalab bera olmaslik orqali namoyon boʻladi. Autizm miya faoliyatiga bevosita taʼsir qiluvchi nevrologik buzilishlar natijasida kelib chiqadi.

Autizmning qanday qilib va nima sababdan paydo boʻlishi, boladagi autizmning ilk belgilarini qanday aniqlash mumkinligi haqida quyida suhbatlashamiz.


Bolalardagi autizm: ruhiy buzilishning ilk belgilari qanday?
Koʻp hollarda autizm 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda paydo boʻladi, ammo uning ilk belgilariga aksariyat ota-onalar eʼtibor qaratishmaydi.
Autistik buzilishning belgilari 2-3 yoshlarda koʻzga tashlanishi ehtimoli yuqori. Autizmning ilk bosqichlarida bola ota-onaning ayrim harakatlariga javob qaytarmaydi, ularga befarqlik bilan munosabatda boʻladi. Atrofdagi odamlar, qarindosh-urugʻlar, ularning farzandlari bilan doʻstona va iliq munosabatlar oʻrnata olmaydi. Ular ota-onalarining shirin soʻzlari, erkalashlariga tabassum bilan javob qaytarishmaydi, jonsiz buyumlarga ham, odamlarga ham bir hil munosabatda boʻlishadi. Asosiy belgilardan yana biri – boshqalarning koʻzlariga tik qaray olmaslikdir. Ular koʻzlarining atrofdagi odamlar koʻziga tushib qolmasligiga harakat qilishadi.
Nutq buzilishlari, gapira olmaslik, ijodiy yondashuvni talab qiluvchi oʻyinlarni oʻynay olmaslik ham autizm belgilari boʻlishi mumkin. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, autizmga chalingan bolalarning harakatlarida bir xillik, uyqu buzilishlari, tajovuzkorlikka moyillik va qoʻrquv ham kuzatiladi.
Autizm sababi nima?
Bolalardagi autizmga aynan nima sabab boʻlishi olimlar tomonidan bugungi kunga qadar toʻliq oʻrganilmagan. Daun, Patau, Marfan va boshqa turdagi sindromlardan farqli ravishda autizmda bemor organizmda hech qanday irsiy anomaliyalar qayd etilmaydi. Ekspertlar autizmga chalingan bolalarning aksariyatida bu holatga tugʻruq jarayoni va homiladorlik vaqtidagi qiyinchiliklar sabab boʻlganini aytishadi.
Miya faoliyatida buzilishlar kuzatila boshlagach, bemorda giperfaollik va intellektning pasayishi qayd etiladi. Shunga qaramasdan, mutaxassislar autizmga maʼlum belgilarga qarab tashxis qoʻyish qiyin ekanligini aytishadi. Aniq tashxis qoʻyish uchun shifokor koʻmagi va bir qator tahlillar kerak boʻladi.

Tashxis qanchalik erta qoʻyilsa, ota-ona va mutaxassislar davolash jarayonini shunchalik erta boshlashlari mumkin.


Autizmga chalingan bolalarning bir qismi oʻrta maktabni tugatishadi, kasb oʻrganishadi, nufuzli joylarda ishlashadi. Shunga qaramasdan, autizmga chalingan insonlarning shaxsiy hayotni izga tushirishlari va oila qurishlari juda qiyin boʻladi.
Autizmni davolash mumkinmi?
Mutaxassislar autizmni davolash uchun bir nechta usullarni taklif etishadi. Ularning aytishlaricha, kichik yoshdagi bemorga har tomonlama yordam berish zarur. Yaʼni, davolash muolajasi oʻzida tibbiy aralashuvni ham, bolaning ijtimoiy moslashuvini ham, ruhiy koʻmakni ham jamlagan boʻlishi kerak. Ayrim hollarda nafaqat bolaga, balki uning ota-onasiga ham ruhshunos koʻmagi kerak boʻladi.
Kasallikni davolash jarayonida bolaning ota-onasi va boshqa oila aʼzolari bilan oʻzaro munosabatlarini yaxshilashga ham katta eʼtibor qaratiladi, unga qoʻrquvni yengish, agressiv xurujlarga qarshi kurashish oʻrgatiladi.
Autizmga chalingan bolalarning ota-onalaridan katta masʼuliyat talab etiladi. Eng muhimi, autizmni – dahshatli hukm deya qabul qilmaslikdir.
Asperger sindromi haqida bilasizmi?
Asperger sindromi – autizmning bir turi boʻlib, unda aqliy salohiyat saqlanib qoladi, bemor atrofdagilar bilan kam boʻlsa-da gaplashadi, kognitiv funksiyalar yaxshi ishlaydi, aqli zaiflik alomatlari koʻzga tashlanmaydi, ammo ularning atrofdagi odamlarga moslashib ketishlari qiyin kechadi. Asperger sindromiga chalingan bolalar odamlardan uzoqlashishga harakat qilishadi, ularning gap-soʻzlarini tushunmasliklari ham mumkin. Shu bilan bir vaqtda uning aqliy salohiyati tengdosh bolalarnikidan kam boʻlmaydi, intellektual yoʻnalishlarda ulardan oʻzib ketishi ham mumkin.
Asperger sindromiga chalingan bolalar maʼlum bir yoʻnalishga qiziqishlari bilan ajralib turishadi. Misol uchun, ular televizordagi bitta koʻrsatuvni tinmay tomosha qilishlari, yuzlab oʻyinchoqlar orasidan faqat bittasini tinimsiz oʻynashlari mumkin. Buning oʻziga yarasha ijobiy tomoni ham bor, aslida. Asperger sindromiga chalingan bola oʻzi qiziqqan mashgʻulotga diqqat-eʼtibor bilan kirishadi, kichik jihatlarga ham qiziqish bildiradi. Ularning aksariyat qismi matematika, musiqa, rasm chizish yoʻnalishlarida ajoyib natijalarga erishadilar.
Download 75.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling