Аутоген машқлар (аутотренинг) техникаси


Download 79.5 Kb.
bet1/5
Sana20.01.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1104241
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AUTOGEN MASHQLARINI NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI


AUTOGEN MASHQLARINI NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Reja:
1. Autogen mashq haqida tushuncha
2. Asabiy taranglik holatini yo’q qilishga mo’ljallangan autogen mashq
3. Zo’riqishni bartaraf etish (neytrallash) uslublari

Autogen mashq (yun. autogenes – oʻzi bajaradigan), autotrening – ichki a’zolar funksiyasi, harakat faoliyati buzilganda oʻz-oʻzini ishontirish va oʻz-oʻzini boshqarish orqali shu holatdan forigʻ boʻlishga olib keladigan psi-xoterapiya (ruhiy davolash) usuli. Ne-mis olimi I. Shuls tomonidan taklif qilingan. Autogen mashq biror texnik moslama (xotira, diqqat trenajeri va boshqalar) yoki kishining oʻz xohish irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bemorni oyoq-qoʻllarini boʻsh qoʻyishga, hech narsani oʻylamaslikka, faqat sogʻayib ketishga ishontirishga harakat qilinadi. Bu usul boshqa ruhiy davolash usullari bilan birga qoʻshib olib borilganda yaxshi naf be-radi. Asosan nev yuzlarda, ayniqsa uyqu buzilganda qoʻllaniladi. Qisqa muddatli dam olish va boshqa hollarda sogʻlom kishilar ham undan foydalanadilar. Keskin, tarang vaziyatni yumshatishga, kerak bo’lganida esa, organizm rezervlarini (zahiralarini) maksimal safarbar etishga autogen trenirovka (mashqlar) yordam beradi.
Autogen mashqlar (autotrening) trenirovkasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- muskullar tonusini boshqara bilish, lozim bo’lsa, ularni bo’shashtirish va kuchni bir joyga to’plash;
- so’zlar yordamida bo’shashgan emotsional va psixik komfort holatni yuzaga keltirish;
- e’tiborni bir joyga to’plash va uni u yoki bu ob’ektga qaratish.
Autogen trenirovkani kuniga 7-10 daqiqadan 2-3 marta o’tkazish tavsiya etiladi. Kunduzi autogen trenirovka quyidagicha o’tkazilishi mumkin: stulda o’tiriladi, tizzalar ochilib, tirsaklar songa shunaqa qo’yiladiki, unda panjalar osilib, bir-biriga tegmay turadi. Gavda oldinga engashmasligi, orqa ham stul suyanchig’iga tegmasligi kerak. Butun tana bo’shashgan, bosh ko’krakka egilgan, ko’zlar yumuq, faqat belda (og’irlik markazida) uncha sezilmaydigan og’irlik bo’lishi zarur.
Autogen trenirovka (AT) bilan o’tkir kasalliklar chog’ida, doimiy kasalliklar keskin xuruj qilganda shug’ullanib bo’lmaydi. Autotrening mashg’ulotlarida natija va samaraga erishish uchun, jismoniy mashqlardagi kabi, matonat va izchillik talab qilinadi.

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling