Аутоген машқлар (аутотренинг) техникаси


Asabiy taranglik holatini yo’q qilishga mo’ljallangan autogen mashq


Download 96.5 Kb.
bet6/7
Sana23.01.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1111524
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AUTOGEN MASHQLARINI NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Asabiy taranglik holatini yo’q qilishga mo’ljallangan autogen mashq.

  • 1 – mashq

  • (Og’irlik hissini yuzaga keltiradi)

  • Quyida keltiriladigan so’zli formula e’tiborni to’plash uchun xizmat qiladi. E’tiborni avval qo’lga, keyin oyoqqa, so’ngra butun badanga qaratish lozim. Barcha hislar faqat yoqimli bo’lishi kerak.

  • Men dam olayapman (6 marta qaytarish kerak).

  • Har qanday og’irlikdan bo’shayapman (4 marta qaytariladi).

  • Bo’shashayapman (2 marta).

  • O’zimni erkin va engil sezayapman (2 marta).

  • Men xotirjamman (2 marta).

  • Butun tanam bo’shashgan (3 marta).

  • Men o’zimni engil va yaxshi his qilayapman (3 marta).

  • Men dam olayapman (2 marta).


  • E’tibor chehra (yuz)ga qaratiladi:

  • O’ng qo’l muskullari bo’shashgan (3 marta).

  • O’ng elka, tirsak muskullari bo’shashgan (2 marta).

  • O’ng qo’l panjalari muskullari bo’shashgan (2 marta).

  • Chap qo’l muskullari bo’shashgan (3 marta).

  • Chap elka va tirsak muskullari bo’shashgan (2 marta),

  • Chap qo’l panjalari muskullari bo’shashgan (2 marta).

  • Ikki qo’l bo’shashgan (3 marta).

  • Ular harakatsiz va og’ir bo’lib yotibdi (1 marta).

  • Qo’llarimda og’irlik sezayapman (1 marta).

  • Qo’llarimdan yoqimli iliqlik o’tayapti (3 marta).

  • Iliqlik panjalarga etib bormoqda (3 marta).

  • Barmoqlarim uchiga iliqlik urishini sezayapman (3 marta).

  • Men xotirjamman (3 marta).

  • Bu mashq bir hafta davomida bajarilib boriladi. Agar mashq so’ngida og’irlik hissi paydo bo’lsa, AT ning – cho’mish (cho’kish) holatidan faollik bilan chiqish variantini ishlab chiqish kerak:

  • Men yaxshi va to’liq dam oldim.

  • Og’irlik va iliqlik hissi ketmoqda.

  • Muskullar tanglikdan bo’shamoqda.

  • Men kuch quyilishini sezayapman.

  • Tanam qattiq, siqilgan prujinaga o’xshaydi.

  • Men harakat qilish uchun tayyorman.

  • Tur! (o’rningdan tur!)

  • AT formulasini bilib olib, mustaqil ravishda o’zini o’zi ishontirish uchun reja tuzish mumkin. Masalan:

  • Ertaga mening fikrlarim bir joyga to’plangan bo’ladi.

  • E’tiborim bir nuqtaga qaratiladi.

  • Xohish va qiziqish bilan ishlayman.

  • Xizmat meni tamoman o’ziga jalb etadi.

  • Kuchlar quyilib kelayotganini, kayfiyatim ko’tarilayotganini his qilayapman.

  • Umuman, reja turlicha bo’lishi mumkin, faqatgina so’zli formulalarda «yo’q» so’zi hamda inkor va bo’lishsizlikni anglatuvchi so’z va iboralardan, yuklamalardan foydalanmaslik tavsiya etiladi (na, bo’lmaydi, emas, mumkin emaslar kabi).



  • Download 96.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling