His elder brother lives in Brighton. Uning katta akasi Braytonda yashaydi.
Egalik olmoshlari artiklga o‘xshab all va bothdan keyin qo‘yiladi:
All my pencils are in that box. Mening hamma qalamlarim o‘sha qutida.
Both his brothers live there. Uning har ikkala akasi o‘sha yerda yashaydi.
Egalik olmosh-otlaridan keyin hech qachon ot kelmaydi, ularning o‘zi ot o‘rnida ishlatiladi. Ular gapda ega, to‘ldiruvshi yoki ot-kesim tarkibida keladi:
I have broken my pencil. Please give me yours (to‘ldiruvchi).
Men qalamimni sindirib qo‘ydim. Iltimos qalamingizni berib turing.
This book is mine.
Bu kitob meniki.
O‘zbek tilida egalik olmoshlari tushib qolib, ularning o‘rnida egalik qo‘shimchasi yoki o‘zimning, o‘zingning, o‘zining, o‘zimizning, o‘zingizning, o‘zlarining olmoshlari bilan berilishi mumkin, lekin ingliz tilida egalik olmoshlari hech qachon tushib qolmaydi yoki boshqa narsa bilan almashtirilmaydi:
Men ruchka mni sindirib qo‘ydim. I have broken my pen.
U qalamini yo‘qotib qo‘ydi. She has lost her pencil.
Ular kitoblar ini bizga berishdi. They gave us their books.
Mening lug‘atim yo‘q. Siz menga lug‘atingizni berib tura olasizmi?
I haven’t got a dictionary. Can you
give me your dictionary?
U ta’til ini Oqtoshda o‘tkazdi. He spent his leave in Oktosh.
U xatni cho‘ntag iga soldi. He put the letter into his pocket.
Paltoyi ngizni yeching! Take off your coat!
Men buni akamga aytdim. I told my brother about it.
Do'stlaringiz bilan baham: |